PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino imkoniyat berilgan taqdirda ham qaysi klublarni umuman boshqarmasligini aytib o‘tdi.
Men hech qachon “Barselona” bosh murabbiyi bo‘lmayman. Bu shunchaki ilojsiz.Eslatib o‘tamiz, Pochettino Kataloniyaning boshqa bir jamoasi — “Espanyol”da to‘p tepgan va jamoaga ustozlik qilgan. O‘sha vaqtda ham mutaxassis hech qachon “ko‘k-anorranglilar”ga bosh murabbiy bo‘lmasligini ma’lum qilgandi.Menda bu shahardan qolgan o‘ziga xos aloqa, hayot tarzi bor va “Barselona”ni boshqarish varianti hech qachon amalga oshmaydi.
“Marsel”da faoliyat yuritish ham amalga olmaydigan ish.
Maurisio Pochettino, PSJ bosh murabbiyi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!