Futbol bo‘yicha Italiya Kubogining chorak finalida “Yuventus” 27-yanvar, chorshanba kuni SPALni qabul qildi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning 16-daqiqasida Alvaro Morata turinliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 33-daqiqada Janluka Frabotta maydon egalarining ikkinchi golini urdi.

78-daqiqada Deyan Kulusevski  hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Federiko Kyeza yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:0.

Yana bir o‘yin “Atalanta” va “Latsio” jamoalari o‘rtasida kechdi. Uchrashuv debyutida oldinga o‘tib olgan bergamoliklar keyinchalik o‘z darvozasidan ikkita olib chiqdi. Bo‘lim yakunlanishi arafasida Ruslan Malinovskiy muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Xose Luis Palominoning chetlatilishidan keyin “Atalanta” bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. 57-daqiqada Aleksey Miranchuk mezbonlarning uchinchi golini urdi. Qolgan vaqtda Bergamo klubi hisobni ushlab qoldi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Italiya Kubogi

Chorak final bahslari

27-yanvar, chorshanba

“Yuventus” — SPAL 4:0

Gollar: 1:0 – 16, penalti Morata, 2:0 – 33 Frabotta, 3:0 – 78 Kulusevski, 4:0 – 90+4 Kyeza.

“Yuventus”: Buffon, Frabotta (Aleks Sandro, 67), de Ligt, Demiral (Da Graka, 83), Dregushin, Kulusevski, Rabyo, Bernardeski (Di Pardo, 46), Remzi, Fajoli (Makkenni, 87), Morata (Kyeza, 67).

SPAL: Berisha, Dikmann, Okoli, Vikari (Tomovich, 46), Sernikola, Espozito (Valoti, 66), Missiroli (Viviani, 86), Ranyeri (Sala, 46), Flokkari (Moro, 66), Brinyola, Sek.

Ogohlantirishlar: Sernikola (50), Valoti (80), Kyeza (81), Rabyo (85).

“Atalanta” — “Latsio” 3:2

Gollar: 1:0 – 7 Gimshiti, 1:1 – 17 Muriki, 1:2 – 34 Acherbi, 2:2 – 37 Malinovskiy, 3:2 – 57 Miranchuk.

“Atalanta”: Gollini, Gozens, Palomino, Gimshiti, Mele (Kaldara, 88), Miranchuk (de Ron, 59), Froyler, Malinovskiy (Sapata, 59), Pessina, Romero, Muriel (Toloi, 63).

“Latsio”: Reyna, Xudt (Immobile, 71), Acherbi, Gabarron (Parolo, 46), Marushich, Eskalante (Korrea, 62), Milinkovich-Savich, Fares (Latssari, 46), Akpa-Akpro, Pereyra (Lulich, 81), Muriki.

Ogohlantirishlar: Romero (11), Malinovskiy (16), Gabarron (21), Fares (22), Eskalante (56).

Chetlatish: Palomino (53).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!