• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Antifashistik qarshi hujum va Amerika kapitalizmining qayta qurilishi. AQShdagi voqealar haqida siyosatshunos Mixail Magid bilan suhbat

    AQShda Donald Tramp prezidentlikdan katta janjal-mojaro bilan axiyri ketdi. Kurash avjiga chiqib, shu darajaga yetib bordiki, tarafdorlari Kapitoliyni shturm qilgan edi. “Daryo” mazkur voqealar va umuman AQSh siyosatida Bayden ma’muriyati davrida yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar haqida rossiyalik siyosatshunos Mixail Magid bilan suhbatlashdi. 

    Nima uchun dunyoning ko‘plab mamlakatlari Qo‘shma Shtatlarda bo‘lib o‘tayotgan voqealarni qiziqish bilan kuzatmoqda?

    Ha, Eronda qaysi eronlik siyosiy guruhlar ushbu mamlakat bayrog‘i bilan Kapitoliyga hujum qilishga kelgani qizg‘in muhokama qilinayotgan bir paytda, Rossiyada Trampning muxoliflari va tarafdorlari o‘zaro bahslashmoqda. Bo‘lib o‘tayotgan voqealarning ikki sababi bor. Birinchidan, ko‘pgina davlatlar o‘zlarining siyosiy va iqtisodiy dinamikasiga ega emas va ularda haqiqiy saylovlar mavjud emas, shuning uchun hamma AQSh va uning saylovlarini o‘ta hayajonli serial sifatida tomosha qilmoqda. Ikkinchidan, Qo‘shma Shtatlar hozircha dunyodagi yagona super kuchdir va undagi voqealar sayyoraga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

    Mazkur voqealar AQSh uchun qanday oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin?

    Endilikda Demokratik partiya barcha jabhalarda demokratiya, modernizatsiyalashgan antifashizm, diktaturaga, isyonga qarshi kurash chaqiriqlari bilan qarshi hujumga o‘tmoqda. Ular trampistlar tomonidan Kapitoliyning egallab olishga urinishni “qo‘zg‘olon”, “isyon” va “terrorizm”ga tenglashtirdi.

    Foto: AP

    Foto: AP

    Tushkun ahvolga tushib qolgan respublikachilar chekinmoqda hamda ko‘pchilik Trampni tanqid qilmoqda. Saylovlardan so‘ng demokratlar Senat bilan birga ijroiya va qonun chiqaruvchi hokimiyatning barcha bo‘g‘inlariga ega bo‘ldi va ular Oliy sudni isloh qilishga va singdirishga harakat qiladi deb o‘ylayman (hozir u yerda respublikachilar va konservatorlar ustunlik qilmoqda).

    Keyinchalik demokratlar arxaik saylov tizimini bekor qilish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishi va ularga katta ustunlik beradigan 1 kishi – 1 ovoz tizimini joriy qilishi mumkin. Shuningdek, demokratlar 10 million muhojirlarga fuqarolik berishi ham mumkin. Mazkur choralar yoki ulardan biri respublikachilarni keyingi 10-20 yil mobaynida hokimiyatni egallashdan mosuvo qilishi mumkin.

    Gap shundaki, AQSh aholisi asta-sekinlik bilan respublikachilar unchalik ham mashhur bo‘lmagan megapolislarda to‘planib boradi. Faqatgina, arxaik saylov tizimi respublikachilarga ba’zan saylovlarda yutib chiqishga imkon beradi. Hillari Klintonning ovozlar soni bo‘yicha Trampdan ko‘p ovoz olganini yaxshi eslayman. Tramp o‘shanda ovozlar sonining ko‘pligi bo‘yicha g‘alaba qozonmagan edi. Balki, konservativ shtatlarga ustunlik bergan arxaik saylov tizimi sababli prezidentlikni qo‘lga kiritgan.

    Bundan tashqari, respublikachilar ozmi-ko‘pmi oq tanlilar partiyasi sifatida qabul qilinadi va Qo‘shma Shtatlarda etnik muvozanat rangli aholi foydasiga o‘zgarib bormoqda.

    Mohiyatan, respublikachilarning umummilliy ovoz berishda g‘alaba qozonish imkoniyati juda oz. Respublikachilar, barcha ritorikalariga qaramay, tobora ozchiliklar partiyasiga o‘xshab bormoqda va faqat arxaik siyosiy tizim ularning qulashiga to‘sqinlik qilib turibdi.

    Hatto ushbu choralardan faqat bittasi, eng soddasi – maksimal miqdordagi muhojirlarga fuqarolik berish respublikachilarning 10 yoki, hatto 20 yilga imkoniyatlarini bekor qilish uchun yetarli bo‘lishi mumkin, chunki vaqt ularga qarshi ishlamoqda.

    Menimcha, Demokratlar ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy platformalarda senzurani kuchaytiradi (bu allaqachon sodir bo‘lmoqda) va Tramp tarafdorlari, ehtimol Trampning o‘zi ustidan ham ochiq sudlarni tashkil qiladi.

    O‘ylaymanki, ular “demokratiya” va “antifashizm” niqobi ostida “bir yarim partiyaviy tizim” deb nomlangan tizimni yaratadi (bunda mamlakatda partiyalar soni ko‘p bo‘lsa ham, amalda bitta partiya uzoq vaqt davomida hukmronlik qiladi, qolgan partiyalar esa marginal kun tartibiga ega yoki OAVdan uzilib qolgan bo‘ladi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi Italiya va Yaponiya hamda mustaqillikning ilk yillarida Hindiston va Isroilda shunday tartib hukm surgan).

    Bundan tashqari, agar Tramp e’tiborini an’anaviy energetika sohasiga qaratgan bo‘lsa, demak demokratlar, aksincha, AQShning eng yirik kapital guruhlari tuzilishini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yashil energiya sektoriga ulkan sarmoyalar kiritadi.

    Demokratik partiyani transmilliy global kapital, yashil energiya va ulkan media platformalar (Facebook, Twitter va boshqalar) ta’sirini o‘tkazuvchi kanal sifatida ko‘rish mumkin. Xuddi shu vatqda respublikachilarni bugungi kunda harbiy-sanoat kompleksi va an’anaviy energetika hamda ichki bozorni himoya qiluvchi proteksionizm siyosati bilan uyg‘unlikda ko‘rish mumkin.

    Shunday qilib, davom etayotgan o‘zgarishlarni yirik biznes doirasidagi global o‘zgarishlarning muhim qismi va uning turli fraksiyalari o‘rtasidagi kurashning namoyon bo‘lishi sifatida ko‘rish mumkin.

    “Fashizm” va “antifashizm”, vakillik demokratiyasi va diktatura o‘z qiyofasini o‘zgartiradi, ammo ular doimo kapitalistik tizim elementlari bo‘lib qoladi va turli korporativ manfaatlarga xizmat qiladi.

    Ma’lumki, Kapitoliyga hujum qilishga kelgan Tramp tarafdorlarining ba’zilari Q-anon sektasiga mansub. Ammo yana boshqalar ham bor edi. Bu odamlar kimlar o‘zi? Nima uchun Kapitoliy xavfsizlik xizmati juda zaif edi?

    Umuman olganda, Qo‘shma Shtatlardagi trampizm juda o‘ziga xos hodisa. Xuddi zamonaviy ultra o‘nglar kabi. Kapitoliyga kelganlar orasida Q-anon sektasi vakillari (ular yahudiylar va reptiloidlar oq tanli bolalarni o‘g‘irlab ketadi va ularni yeydi deb ishonadilar) va neonatsistlar bor edi. Shu bilan birga, u yerda taniqli sionist arboblar, eronlik monarxistlar va boshqalar ham bor edi.

    Ammo nima uchun u yerda politsiya kam bo‘lganiga kelsak, buning sabablari oddiy. Vashingtonda namoyishlar doim bo‘ladi. Yozda qora tanlilar huquqlari uchun bo‘lgan namoyishlar paytida ko‘plab politsiyachilar Kapitoliyga quvib kiritib yuborilgan. Chunki, namoyishchilar hamma narsani yoqib yuboradi (aslida uyushgan BLM namoyishchilari tartibli harakat qiladi va yoqib-yiqitishlarga qarshi, lekin ularning tarafdorlari ancha keskin harakatlar qiladi). Bunda esa politsiya shunchaki oq tanli odamlar, Tramp tarafdorlari odatiy namoyish o‘tkazishga kelgan deb o‘ylagan bo‘lishi mumkin.

    Ammo politsiya o‘z hisob-kitoblarida Q-anon va boshqa siyosiy sektalarni hisobga olmagan. Nihoyat, AQSh razvedka idoralari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ushbu sektalar tarafdorlari bir necha hafta davomida Kapitoliyga hujum qilish imkoniyatini onlayn tarzda mutlaqo ochiq muhokama qilishgan.

    Ammo shunga qaramay, nega odamlar saylovlar natijalari ulardan o‘g‘irlanganiga ishonishdi? Buning sababi bormi?

    Bunday deyishga ratsional asos yo‘q. Fitna nazariyalari (masalan, Q-anon yoki barcha sudyalar, shu jumladan respublikachilar va deputatlar sotsiologlar, xitoyliklar va kommunistlar bilan kelishib, AQShdagi saylovlarni soxtalashtirgan degan fikr) turli sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladi va bu ruhiy kasallikning natijasi bo‘lishi ham mumkin. Aslida 88 sudya saylovlar soxtalashtirilgan deb da’vo qilgan Tramp tarafdorlarining iddaolarini rad etdi. Bundan tashqari mazkur sudyalar orasida respublikachilar va Tramp tomonidan tayinlangan sudyalar ham bor edi. Saylovlar soxtalashtirilmagan.

    Tramp tarafdorlari orasida keng tarqalgan saylovlarning falsifikatsiya qilinganiga qat’iy ishonch va boshqa fitna nazariyalari begonalashtirishning natijasi bo‘lishi mumkin. Odamlar o‘z hayotlarini o‘zlari nazorat qilmasliklarini biladilar. Ammo negaligini tushunmaydilar. Ular vakillik demokaratiyasining o‘zi xalq demokratiyasi emasligini anglamaydilar, ayniqsa halol saylovlar vaziyatida. Bunga iqtisodiy muammolar, pandemiya, doimiy ravishda kuchayib borayotgan ijtimoiy tengsizlik, etnik muammolar sababli yuzaga kelgan g‘azabni qo‘shamiz. Natijada, biz haqiqatan ham hech narsani nazorat qila olmaydigan va hayotdan ko‘ngli qolgan odamlarni ko‘ramiz.

    Ular byurokratiya va bozorning shaxssiz qonunlari, o‘ta boylar, mega-korporatsiyalar va ularning lobbistlari, partiyalar, xavfsizlik idoralari va mansabdor shaxslar, hatto deputatlarning o‘yinchoqlari hisoblanadi (chunki har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan saylovlar oralig‘ida deputatlar barcha qonunlarni xalqning, saylovchilarning ishtirokisiz o‘zlari qabul qiladilar va bu xalq hokimiyatini ta’minlay olmaydi). Ijtimoiy quyi sinflar uni primitiv va deyarli psixiatrik shakldan farqli ravishda aks ettirishni bugungi kunda bilishmaydi. Trampning o‘zi esa bu harakatning bayrog‘idir, u xuddi shu g‘azabni primitiv va psixiatrik shakllarda ifodalaydi.

    Aqlsiz sektalar va o‘ta o‘ng guruhlar aysbergning faqat bir uchi, xolos. Donald Tramp uchun 74 million kishi ovoz bergan. Ularning aksariyati Bibliya kamari va Rust kamari deb ataladigan oq tanli ishchilar sinfidan va oq tanli kambag‘allardan iborat. Qo‘shma Shtatlarda ulkan ijtimoiy-iqtisodiy muammo mavjud. Ilgari mamlakatda malakali ishchi kuchi va barqaror mavqega ega bo‘lgan katta ishchilar sinfi mavjud edi. Ularning farzandlari universitetlarda o‘qirdi. 1980-yillardan boshlab ushbu ishchi sinf qulab bormoqda. Ko‘plab yaxshi ish joylari yo‘q qilinib, ularning o‘rnini kafolatsiz va vaqtinchalik ishlar egallamoqda. Ko‘plab ishlab chiqarish tarmoqlari Xitoyga olib ketilgan. Ba’zilari robotlashtirish natijasida yo‘q qilib yuborildi. Odamlar barqarorlikni, odatiy turmush tarzini yo‘qotdi.

    Bir asr oldin Amerikada oddiy mehnatkash xalq ommasi ishlab chiqarish va hududlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri mehnat demokratiyasi, mehnatning o‘zini o‘zi boshqarish tizimi uchun kurashda qatnashgan. XX asr boshlarida Qo‘shma Shtatlarda “inqilobiy sanoatchilar”, “Dunyo sanoat ishchilari” (IWW) harakati boshlandi. Ular mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun ish tashlashlar va mehnat jamoalari kasaba uyushmasi tomonidan ishlab chiqarishni egallashga qaratilgan ijtimoiy qo‘zg‘olonlar uyushtirishdi. Bugun ushbu g‘oyalar siyosiy sahnani tark etdi. Bugungi kundagi asosiy norozilik ko‘pincha g‘alati sektalar orqali ifoda etiladi. Bu esa ko‘psinfli xususiyatga ega, ishchilar ko‘pincha kichik biznes vakillari bilan birgalikda harakat qiladilar.

    Bayden davrida AQSh tashqi siyosatida qanday o‘zgarishlar yuzaga keladi?

    Qo‘shma Shtatlar NATO va ularning asosiy raqibi va dunyodagi ikkinchi eng katta kuch bo‘lgan Xitoyga qarshi Sharqiy Osiyo davlatlari bilan ittifoqni kuchaytirishga pul tikadi. Bayden ma’muriyatining yana bir raqibi Rossiya bo‘ladi. Shuning uchun sobiq SSSR atrofidagi davlatlar amerikaliklar bilan hamkorlik qilish va Rossiya bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘qnashuvlardan himoyalanish borasida qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Bu jarayon ushbu davlatlarga ma’lum afzalliklar berishi mumkin.

    Boshqa tomondan, demokratik ma’muriyat inson huquqlari masalalariga hassos yondashadi. Inson huquqlari mafkurasi AQShning tashqi dunyoga yoyishga mo‘ljallangan yumshoq kuchining asosidir. Markaziy Osiyo hukumatlari esa buni hisobga olishlari kerak.

    27.01.2021, 11:05   Izoh (0)   35150
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kolumbiyada COVID-19’dan vafot etganlar xotirasiga uch kunlik motam e’lon qildi

    27.01.2021, 10:22

    Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 100 mln kishiga yetdi

    27.01.2021, 09:36

    Putin va Bayden birinchi marta telefon orqali muloqot qildi. Ular Navalniy, Ukraina, kiberhujumlar va boshqa ko‘plab masalalarni gaplashdi

    27.01.2021, 09:20

    AQShning yangi davlat kotibi etib Entoni Blinken tasdiqlandi

    27.01.2021, 09:10

    Portugaliya COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish uchun Yevropa Ittifoqidan yordam olmoqchi

    27.01.2021, 08:24

    Ekvador sobiq vitse-prezidenti korrupsiyaga oid modda bilan 8 yilga qamaldi

    27.01.2021, 07:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.