Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan tadbirkorlar faoliyatiga noqonuniy aralashuv, turli byurokratik to‘siqlar yaratish kabi salbiy holatlar natijasida 5 ming 833 ta tadbirkorning huquqi buzilgan. Bu haqda Bosh prokuratura boshqarma prokurori Xurshid Shuhratjonov AOKAdagi brifingda ma’lum qildi:

Xurshid Shuhratjonov

Xurshid Shuhratjonov
Foto: UzReport

“Biznesni yuritish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda bir qator hal etilmagan muammolar saqlanib  qolmoqda. Ushbu sohada davlat idoralarining aralashuvi ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Qonun buzilish holatlarini idoralar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, Davlat soliq idoralari, mahalliy hokimliklar, bank muassasalari, qurilish, DAV kadastr, kommunal xizmat ko‘rsatish idoralari mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan”, – dedi Xurshid Shuhratjonov.

Ta’kidlanishicha, mazkur sohada o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 5 ming 833 ta tadbirkorlik subyektining huquqlari buzilgani aniqlangan. Shulardan:

  • bankdagi hisob varaqlari bo‘yicha operatsiyalarni asossiz to‘xtatib turish bo‘yicha – 1 ming 281 ta;
  • ortiqcha mablag‘ undirish bo‘yicha – 347 ta;
  • murojaatlarni ko‘rib chiqish talablariga rioya qilmaslik bo‘yicha – 466 ta;
  • davlat xizmati ko‘rsatish tartibini buzish bo‘yicha – 465 ta;
  • litsenziyalash va ruxsat berish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bo‘yicha – 408 ta;
  • faoliyatni tekshirish va taftish qilish tartibini buzish bo‘yicha – 181 ta;
  • imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llamaslik bo‘yicha – 838 ta;
  • xususiy mulk huquqini buzish bo‘yicha –  58 ta;
  • muhandislik kommunikatsiya tarmoqlariga ulamaslik va ulardan asossiz uzish bo‘yicha – 43 ta;
  • yer ajratish qoidalariga rioya qilmaslik bo‘yicha – 248 ta;
  • bank xizmati ko‘rsatilishida qonun talabini buzish kabi harakatlari bo‘yicha – 64 ta;
  • boshqa qonun buzilishi holatlari natijasida 1 ming 434 ta tadbirkorlarning huquqlari buzilgan.
Shuningdek, mansabdorlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilish holatiga yo‘l qo‘yganligi aniqlangan. Misol uchun, Surxondaryo viloyati Angor tumani hokimi o‘rinbosari Allaberganov Toshkent viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan “Mehr Baraka” fermer xo‘jaligi tomonidan Rossiya davlatiga eksport qilinishi mo‘ljallangan poliz mahsulotlarini olib ketilishiga qarshilik ko‘rsatgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi