Braziliyaning to‘rtinchi divizionida harakat qiladigan “Palmas” klubi futbolchilaridan iborat samolyot 24-yanvar tongida halokatga uchradi. Bu haqda Globo Esporte xabar qilmoqda.

Foto: Globo Esporte

Samolyot xususiy uchish-qo‘nish joyidan uzoq bo‘lmagan hududga qulagan.

Natijada “Palmas”ning to‘rt futbolchisi: Lukas Praksedes, Gilyerme Noe, Ranule va Markus Molinari, klub prezidenti Lukas Meyra, shuningdek, uchuvchi halok bo‘lgan.

Samolyot Goyaniyaga qarab yo‘l olgandi. U yerda “Palmas” Verdi Kubogi doirasida “Vila Nova”ga qarshi o‘ynashi kerak edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!