Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJga yangi boshqaruv raisi tayinlandi. Bu haqda kombinat matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” matbuot xizmati

Foto: “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” matbuot xizmati

Qayd etilishicha, 20-yanvar kuni “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi hamda kombinat rahbariyatining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Unda bosh vazir Abdulla Aripov ham ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilgan. “O‘zmetkombinat” AJ kuzatuv kengashi ko‘p yillar davomida jamiyatda faoliyat yuritib kelgan Rashid Pirmatovni aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi lavozimiga tasdiqlangan.

Rashid Pirmatov Toshkent viloyatining Bekobod tumanida tug‘ilgan. 1986-yilda Moskva po‘lat va qotishmalar institutining muhandis-metallurg mutaxassisligini tamomlagan. Bekobodga qaytganidan so‘ng “O‘zmetkombinat”da turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Uning butun mehnat faoliyati kombinat bilan bog‘liq. U texnika fanlari nomzodi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi.

Shuningdek, kombinat boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib Dilshod Ahmedov tayinlangan.

Foto: “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” matbuot xizmati

Foto: “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” matbuot xizmati

“O‘zmetkombinat” AJ rahbariyatining kengaytirilgan yig‘ilishida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining borishi, mamlakatning yetakchi qora metallurgiya korxonasini rivojlantirishning istiqbollari ham ko‘rib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zmetkombinat”ning avvalgi boshqaruvi raisi Sergey Vyunenko 2020-yilning sentabr oyida  42 yoshda koronavirus asorati oqibatida vafot etgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindlar tomonidan vayron qilingan Bobur masjidi, Monrealdagi politexnika institutidagi qizlarning o‘ldirilishi va Moskvada portlovchi moddalar ortilgan vagon halok...
Dunyo
Rossiya Ukrainaga 70 ta raketa bilan zarbalar berdi, to‘rt kishi halok bo‘ldi
Mahalliy
Farg‘onada profilaktika inspektori o‘zini otib qo‘ydi