Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2020-yilning eng yaxshi milliy chempionatlari reytingini e’lon qildi.

Kollaj: “Daryo”

2006-yildan keyin ilk bor Italiya chempionati birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. Kuchli uchlikdan Angliya va Braziliya ligalari o‘rin oldi.

Ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston Superligasi 286 ochko bilan 48-o‘rinda qayd etildi. Qayd etish joiz, Superliga 2019-yilga (67) qaraganda 19 o‘rin yuqorilagan. O‘zbekiston chempionati OFK mintaqasida Janubiy Koreya (20), Saudiya Arabistoni (31), Yaponiya (38) va Xitoydan (43) keyin beshinchi bo‘lib turibdi.

Kuchli o‘nlik bilan tanishing:

1. Italiya – 1026 ochko.

2. Angliya – 1003.

3. Braziliya – 964.

4. Ispaniya – 954.

5. Germaniya – 864.

6. Portugaliya – 721.

7. Fransiya – 661.

8. Paragvay – 610,5.

9. Argentina – 603.

10. Ekvador – 579,5.

To‘liq ro‘yxat bu yerda — havola.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!