BAAdagi (Abu-Dabi) “Jangchilar oroli”da 20-yanvar, chorshanba kuni UFC Fight Island 8 musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: UFC

Musobaqa doirasidagi ikkinchi jangda o‘ta yengil vazn toifasi vakili Umar Nurmagomedov (13-0) promoushendagi debyutini o‘tkazdi. Unga yana bir debyutant, qozog‘istonlik Sergey Morozov (16-4) raqib bo‘ldi.

Jangning dastlabki raundi to‘liq rossiyalik yakkakurashchining ustunligida kechdi. Ikkinchi raundda ham faollikni pasaytirmagan Umar raqibiga bo‘g‘ish usulini qo‘llab muddatidan avval taslim etdi.

Jangni mana bu havola orqali tomosha qilish mumkin — VIDEO.

Shu tariqa yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning amakivachchasi promoushendagi debyutini g‘alaba bilan boshladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa o‘zbekistonlik Zarruh Adashev (3-2) UFC’dagi ikkinchi jangida xitoylik Su Mudaerjiga (13-4) qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!