IIV DYHXX organlari tomonidan avtotransport vositalaridan ularning oynasining tusini o‘zgartirib (qoraytirib) foydalanish uchun berilgan ruxsatnomalar soni va u orqali undirilgan mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumot berildi, deb xabar qiladi O‘zA.

Foto: “Daryo”

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 635-son qarori (yengil shaxsiy avtomobillarni orqa yon oynalarini tusini o‘zgartirish (qoraytirish) BHMning 10 baravaridan — 2,23 million so‘mdan BHMning 5 baravariga, ya’ni 1,115 million so‘mga o‘zgartirilgan) kuchga kirgan.

Shu sabab, fuqarolar tomonidan avtomobillarni orqa yon oynalarini qoraytirishga talab ortib ketgan, ya’ni ilgari bir kunda o‘rtacha 120 ta ruxsatnoma berilgan bo‘lsa, qaror kuchga kirgach, bir kunda o‘rtacha 320 ta ruxsatnoma berila boshlangan.

IIV DYHXX organlari tomonidan avtotransport vositalaridan ularning oynasini qoraytirish uchun:

  • 2019-yil 5-avgustdan (646-sonli qaror kuchga kirgandan so‘ng) 2019-yil 31-dekabr kuniga qadar 31 367 ta ruxsatnoma berilib, jami 113 milliard 980 million so‘m pul mablag‘lari;
  • 2020-yil 1-yanvardan 31-dekabr kuniga qadar 50 758 ta ruxsatnoma berilib, jami 188 milliard 395 million so‘m pul mablag‘lari;
  • 2020-yil 1-yanvardan 9-oktabr kuniga qadar 28 326 ta ruxsatnoma berilib, jami 135 milliard 638 million so‘m pul mablag‘lari;
  • 2020-yil 10-oktabrdan (635-sonli qaror kuchga kirgandan so‘ng) 31-dekabr kuniga qadar 22 432 ta ruxsatnoma berilib, jami 52 milliard 757 million so‘m pul mablag‘lari to‘langan;
  • 2019-yil 5-avgustdan 2020-yil 31-dekabr kuniga qadar 82 125 ta ruxsatnoma berilib, jami 302 milliard 635 million so‘m pul mablag‘lari hukumat qaroriga asosan to‘lov sifatida undirilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda yuk mashinalari va avtobuslarning oynalarini “tonirovka” qilishga ruxsat berilgandi.