2021-yilda urfda bo‘ladigan ranglar sirasida to‘q sariq rangini ham uchratish mumkin. Atrofdagilar e’tiboridan chetda qolmaydigan ushbu rang sovuq haroratda kishi kayfiyatini ko‘tarish xususiyatiga ega ekani bilan ham ahamiyatlidir. Buni yaxshi bilgan mashhur dizaynerlar o‘z kolleksiyalarida to‘q sariq rangdagi kiyim-kechaklar taqdim qila boshladi. Fendi, Burberry, Marc  Jacobs, Acne Studios va boshqa brendlarning namoyishlari buning isboti.

Foto: Harper’s Bazaar

Mazkur rangdagi liboslarni kiyish va aksessuarlardan foydalanish uchun bahor kelishini kutishga hojat yo‘q. Moslash borasida esa street style yulduzlaridan ilhomlanish mumkin. Ammo obraz borasida yaxshisi kichik detallarni tanlashdan boshlagan yaxshi.

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Masalan, shapka, sharf yoki shu rangdagi sumka xarid qiling. To‘q sariq rangli krossovka yoki botinka tanlasangiz bormi, obrazingiz noodatiy va o‘ziga xos ko‘rinadi. Bunday poyabzalni bazaviy trench va trikotaj ko‘ylak bilan moslash mumkin. Aksessuarlardan o‘zingizni cheklamasangiz ham bo‘ladi.

Foto: Harper’s Bazaar

Ushbu mavsumda vodolazkalar, eko-charmdan tikilgan shubalar va boshdan oyoq ham shu rangda kiyinish mumkin. Agar obrazingiz to‘liq bunday rangdan tashkil topishini istamasangiz, midi uzunligidagi to‘q sariq rangli charm yubka yoki qulay trikotaj jogerlarga e’tibor qarating. Bunday kiyinish kun davomida kayfiyatingiz a’lo bo‘lishga hissa qo‘shadi.

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar