Har yili qish mavsumida etik xarid qilishni rejalashtirayotgan xonimlar, albatta, an’anaga muvofiq qora ranglisini tanlaydi. Zerikarli hamda hech qanday o‘zgarish hosil qilmaydigan qora etiklardan voz kechish qiyin bo‘lsa, quyida yulduzlar misoli orqali tanlovga yangiliklar kiritishga qaror qilish mumkin. 

Foto: Cosmopolitan

Qora rangli palto va oppoq libos kombinatsiyasi uchun ikkisidan biriga mos, ayniqsa, ko‘proq qora etik mos kelishini o‘ylaganlar adashadi. Keti Xolms tanlagan yo‘lbars terisi tushirilgan etik ko‘rinishga yangi rang va kayfiyat qo‘shgan.

Foto: Cosmopolitan

Yana shunga o‘xshash qora va oq burmali libos uchun Kristen Bell to‘q qizil rangli etikni uyg‘unlashtirdi. Ko‘rinish yuqoridagi holatdan ham ajoyib.

Foto: Cosmopolitan

Qora va oq rangdagi kiyim uchun yana bir misol − Elizabet Sulser tanlagan oq etik. Agar qora etik tanlanganida, u qora shim fonida bunday yorqin ko‘rinishni hosil qilmas edi. Oq rang esa tasvir qarama-qarshiligini yanada kuchaytirgan.

Foto: Cosmopolitan

Naomi Skott oyoqlarni vizual tarzda uzun ko‘rsatish uchun kiyimiga mos holda qizil etik tanlagan. Albatta, tanlov ish bergani ko‘rinib turibdi.

Foto: Cosmopolitan

Reychel Skarstenning patli libosi va unga hamohang qizil etik ajoyib ko‘rinishni paydo qilgan. Mos tushuvchi oyoq kiyim va liboslar ichida qizil rang eng samaralisi hisoblanadi.

Foto: Cosmopolitan

Qishki kiyimlar orasida qora va kulranglari talaygina. Bu rangdagi kiyimlar uchun esa to‘q qizil rangli oyoq kiyimlar mos keladi va o‘zgacha uslub yaratadi. Shu bilan birga, tasvirni yanada yorqinroq qiladi. Nur Nilofa ham oddiygina bosiq obrazga aynan etigi tufayli o‘zgartirish kiritgan.

Foto: Cosmopolitan

Erika Boldrin tanlagan uslub ham chakki emas. Ushbu ko‘rinish ham mulohazali hamda zamonaviylikning belgisidir. Yubka va etik o‘rtasidagi uyg‘unlik hamda trikotaj matosidagi tepa qism uslubning kamtarona ekanligidan darak beradi.

Foto: Cosmopolitan

Mayda gulli midi liboslar urfga qaytgani ma’lum. Mato rangi yoki guliga mos keluvchi etiklar esa libosni ko‘proq yorqinlashtiradi. Kobi Smalders ham ana shunday uslubni o‘zida sinab ko‘rdi va bu unga chindan ham yarashgan.

Foto: Cosmopolitan

Qish faslidagi ziyofatlar uchun yorqin rangli etiklar bayram libosini osongina boyitadi. Ellis Sabatini ham yorqin rangdagi bahoriy libos bilan uzun tillarang etikni uyg‘unlashtirgan. Uning bunday bahoriy kayfiyatni ulashuvchi ko‘rinishi barchaga manzur kelishi shubhasiz.