• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev mashinasozlik tarmog‘ini transformatsiya qilish va sohada raqobatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

    Shavkat Mirziyoyev 13-yanvar kuni mashinasozlik tarmog‘ini transformatsiya qilish va sohada raqobatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, mazkur tarmoq mamlakat iqtisodiyotining yetakchi yo‘nalishlaridan bo‘lib, sanoatdagi ulushi 11 foizni tashkil qiladi. Shu bilan birga, hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu sohada ishlab chiqarishni bir necha barobar oshirish imkoniyati bor.

    Ta’kidlanishicha, bugungi kunda bir qator kompaniyalar O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va investitsiyalar olib kirish istagini bildirmoqda.

    Shu bois davlat rahbari lokalizatsiya darajasidan kelib chiqib, ishlab chiqaruvchilar uchun bir xil sharoitlar joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bunda avtomobillarni sanoat usulida yig‘ish, yiliga 50-60 mingta hamyonbop avtomashina va elektromobillar ishlab chiqarishga investitsiya kiritish zarurligi ta’kidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, 2021-yilda Xorazmda kuzov detallarini tayyorlash korxonasi, Andijonda 4 ta, Navoiy viloyatida 2 ta mahalliylashtirish loyihalari ishga tushiriladi. Kooperatsiya platformasi doirasida 122 ta xususiy korxona ishtirokida yana 80 ta detal ishlab chiqarish mahalliylashtiriladi.

    Mamlakatda barcha davlat korxonalarini isloh qilish dasturi amalga oshirilmoqda. Yig‘ilishda shu masalaga e’tibor qaratilib, xorijiy mutaxassislar ishtirokida “O‘zavtosanoat” faoliyatini transformatsiya qilish ofisini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi. Ushbu jarayonlarda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi yetakchi bo‘lib, ishlarni muvofiqlashtiradi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bundan tashqari, 1-iyulga qadar tarmoq tarkibidagi 40 ta korxonani transformatsiya qilish boshlanadi. Tarmoqda raqobat muhitini rivojlantirish uchun kompaniya tarkibidagi ehtiyot va butlovchi qismlar ishlab chiqaradigan 23 ta korxonani xususiylashtirishga tayyorlash lozimligi qayd etildi. “O‘zavtosanoat”ning asosiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan 14 ta tashkilotdagi ulushlarini sotuvga chiqarish vazifasi yuklatildi.

    Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi mashinasozligini isloh qilish masalasi ham atroflicha muhokama etildi. Tarmoqda iqtisodiy samaradorlikni oshirish, resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mutasaddilarga korxonalarning bo‘sh yer maydonlarini optimallashtirish, texnikalar tannarxini 30 foizgacha tushirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Hamyonbop texnikalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, 2021-yil yakunigacha ularning lokalizatsiyasini 30 foizga, kelgusi yilda esa kamida 45 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda belgilangan vazifalar yuzasidan mutasaddilar axborot berdi.

    Avvalroq Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani hamda Prezident investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishgani haqida xabar berilgandi.

    13.01.2021, 21:41   Izoh (0)   17954
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent Transport boshqarmasi veloyo‘laklar bo‘yicha takliflarni yig‘moqda

    13.01.2021, 20:57

    Moliya vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Zoir Mirzayevga o‘rinbosar etib tayinlandi

    13.01.2021, 18:42

    O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

    13.01.2021, 18:13

    “Rossiyaga qarzlarimdan qutulish uchun qochib kelganman”. Namanganlik muhojir yigit bilan suhbat

    13.01.2021, 17:59

    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirining 2 nafar o‘rinbosari ishdan olindi

    13.01.2021, 17:59

    Moliya vazirligi 2020-yilda O‘zbekistonda eng ko‘p moliyaviy qonunbuzilish holatlari qaysi vazirliklarda kuzatilganini ma’lum qildi

    13.01.2021, 17:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.