AQShdagi Klivlend klinikasi tadqiqotchilari turli xil foydali xususiyatlarga ega va uzoq umr ko‘rishga yordam beradigan sabzavotlar nomini e’lon qildi, deb yozadi Express gazetasi.

Foto: Pixabay

Ta’kidlanishicha, kun davomida besh xil sabzavotlar portsiyasini iste’mol qilish kerak.

Eng foydali sabzavotlar ro‘yxatidan karamdoshlar oilasi vakillari o‘rin olgan: brokkoli, Bryusell va rangli karam, mangold, bryukva, sholg‘om, vasabi, rediska, yerqalampir, sholg‘omkaram, rukolla, xoch-salat.

Ular organizmdan zararli moddalarni chiqarib tashlash xususiyatiga ega, muntazam iste’mol qilish esa organizmning mustaqil tabiiy tozalanishini ishga tushiradi.

Shuningdek, ko‘rsatilgan sabzavotlar turli zararli o‘simtalarning paydo bo‘lishi va erta o‘lim holati ehtimolligini kamaytiradi.