AQShning Massachusets shtatida noyob “ZAZ 965” avtomobili sotuvga qo‘yildi. Mashinaning texnik holati yaxshi bo‘lib, hozirga qadar u 62,7 ming kilometr yo‘l bosgan, deb xabar beradi “Auto24”.

Foto: “Auto24”

Sotuvchining ma’lum qilishicha, “Zaporojets” o‘zining ajoyib texnik tavsifi va yetakchi g‘ildiraklariga o‘rnatilgan dvigateli bilan mashhur. Bu avtomobil massasining 60 foizini tashish imkonini beradi. “Zaporojets”ning yana bir qiziq jihati — uning yurish qismi mutlaqo to‘g‘ri. Shu sababli asfaltlangan yo‘lda biror nimani sindirib qo‘yish deyarli imkonsiz. “Kimdir biror joyga tiqilib qolsa, mashinaning 665 kilogrammli vazni uning ichidan tushib, avtomobilni ko‘tarib, to‘g‘ri yuzaga qo‘yish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.

Foto: “Auto24”

1965-yilda ishlab chiqarilgan avtomobilga AQShda bitta diler xizmat ko‘rsatgan, yaqinda kapital ta’mirdan chiqqan va 1300 dollarlik ayrim yangilanishlarga ega bo‘lgan:

  • Yangi karbyurator;
  • Shassi, eshik panellari, kapot, yukxonaning korroziyaga qarshi qoplamasi;
  • Yangi akkumulyator kabellari;
  • “Svecha”.

Avvalroq Rossiyada ideal holatdagi 44 yillik “Zaporojets” yangi Chevrolet Cobalt narxida sotuvga qo‘yilgan edi.

Foto: “Auto24”

Foto: “Auto24”