Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Volgogradda 1960-yilda ishlab chiqarilgan va hozirga qadar 3 ming kilometr yo‘l bosgan “ZAZ-965” sotuvga qo‘yildi. Kuzov qismi restavratsiya qilingan, saloniga esa tegilmagan avtomobil uchun 250 ming rubl so‘ralmoqda, deb xabar beradi Motor.

Foto: “Auto.ru”

Foto: “Auto.ru”

“ZAZ-965” 1960-yildan 1963-yilga qadar ishlab chiqarilgan. Avtomobil 23 ot kuchiga ega 0,8 litrli benzin dvigatel bilan jihozlangan. Modelga kam tirajli agregat bilan birga, to‘rt pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi o‘rnatilgan. Sovet avtomobilsozlik sanoati davrida konveyerdan jami 322 nusxa shu turdagi “Zaporojets”lar chiqqan. Ular orasida ruli o‘ng tarafda joylashgan modifikatsiyalari, shuningdek, pochta furgonlari va ikki o‘rindiqli mashinalar ham bo‘lgan.

Sotuvga qo‘yilgan nusxa ideal holatda. Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, 60 yoshli “Zaporojets” 2002-yilda qisman restavratsiya qilingan bo‘lib, eksteryeridagi ayrim nuqsonlar bartaraf etilgan, shuningdek, kuzovi silliqlangan. Noyob avtomobil saloniga tegilmagan, biroq uzoq yillar o‘tganiga qaramay, u hamon yangidek. So‘nggi 18 yil ichida mashina iliq garajda harakatsiz turgan.

“Zaporojets”ning barcha kuch agregatlari ham soz holatda. E’longa ko‘ra, mashina 3 ming kilometr yo‘l bosgan bo‘lib, unda hamon Sovet davriga tegishli avtomobil davlat raqamlari saqlanib qolgan.

Avvalroq Moskvada Mazda bazasida yaratilgan “Zaporojets” sotuvga qo‘yilgani, shuningdek, 34 yil garajda turgan “Zaparojets” 6500 dollarga baholangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda