Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Honda kompaniyasi avtomobil salon filtri uchun virusga qarshi niqobni yaratdi. Marka vakillarining ta’kidlashicha, u havo orqali tarqaladigan viruslarning 99 foizini ushlab qolishga qodir, deb xabar beradi Motor.

Foto: Honda

Foto: Honda

Kurumask (“avtomobil uchun niqob) nomli yangilikni ixtiro qilishda Honda koronavirusga chalingan bemorlarni tashishga mo‘ljallangan maxsus avtomobillarni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi muhandislar guruhi bilan hamkorlik qilgan. Kurumask oddiy niqoblar kabi ishlaydi. Uni shunchaki salon filtriga kiygizish kerak, ushbu holatda niqob o‘z samaradorligini bir yil yo‘qotmaydi.

Foto: Honda

Foto: Honda

Mazkur ixtiro iqlim-nazorati resirkulyatsiya rejimida ishlaydigan Honda N-Box key-karida sinovdan o‘tkazilgan. Sinovlarning ko‘rsatishicha, Kurumask havodagi virus tomchilarining 99,8 foizini 15 daqiqada yo‘q qiladi, 24 soatda esa ushbu ko‘rsatkich 99,9 foizga yetadi. Honda niqoblarning koronavirus borasidagi samaradorligi ma’lumot bermagan.

Ayni vaqtda virusga qarshi niqob faqatgina Honda N-Box modeli uchun taklif etilmoqda. Kelajakda uni markaning boshqa modellarida ham qo‘llash rejalashtirgan.

Kurumask’ning Yaponiyadagi narxi 7040 iyenani (68,5 dollar) tashkil etadi.

Avvalroq Mercedes-Benz EQS salonidagi havo xuddi operatsiya xonasidagidek toza bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Xitoyning Changan kompaniyasi o‘z avtomobillarini koronavirusdan himoya qilishni boshlagan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“100 ga yaqinidan 73 tasi yangilandi”. Dehqonoboddagi jin ko‘priklarning nechtasi yangilanganiga aniqlik kiritildi (video)
Sport
Lionel Messi MLS’ga o‘tsa, liga klublari futbolchining maoshini to‘lashga yordam berishga tayyor
Mahalliy
O‘zbekistonda fevral oyida 25 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari aniqlandi