Harper’s Bazaar nashri 2020-yilda Instagram ijtimoiy tarmog‘ida eng mashhur bo‘lgan suratlarning reytingini tuzib chiqdi.
Ekspertlar qaysi suratlar eng ko‘p layk to‘plaganini sanab chiqqan. Kayli Jenner eng ko‘p layk yiqqan Top-10 talik ro‘yxatning birdaniga to‘rtta o‘rnini egallagan.
Birinchi o‘rin Krishtianu Ronalduga nasib etdi. Futbolchi yaqinda hayotdan ko‘z yumgan Diyego Maradona bilan tushgan suratini tarmoqqa joylagan. 19 milliondan ortiq odam ushbu arxiv suratiga layk bosgan.
Mavzuga doir: “Sukut, ko‘z yosh, og‘riq”. Sport olamidagi mashhurlar Diyego Maradonaning o‘limi haqida
Reytingning to‘rtinchi pog‘onasida joylashgan Kayli Jennerning suratida hatto uning o‘zi tasvirlanmagan ham. Kadrda Trevis Skott qizi Stormi bilan — 16 millionga yaqin layk.
Beshinchi pog‘ona esa basketbolchining o‘limidan so‘ng tarmoqqa joylangan LeBron Jeyms va Kobi Brayantning birgalikdagi suratiga nasib etdi — tarixga aylangan kadrga 15 million kishi layk bosgan.
Izoh (0)