Barcha nashrlar yilning eng yaxshi filmlari ro‘yxatini e’lon qilayotgan bir vaqtda Metacritic kinosayti 2020-yilning eng yomon loyihalarini to‘plangan antireytingni e’lon qildi, deb xabar beradi “Film.ru”. Reytingda birinchi o‘rinni amerikaliklarning mashhurlikka bo‘lgan qiziqishga parodiya sifatida ishlangan Reality Queen komediyasi egallagan.
Shuningdek, top-ro‘yxatdan “Zoxan bilan hazillashmang!” filmi rejissori Dennis Duganning “Sevdi, to‘y va boshqa falokatlar” melodramasi ham o‘rin olgan. Bundan tashqari, antireytingga “Qarzlarni chiqarish”, “Doktor Dulittlning ajoyib sayohati”, “Qafasdagi qushcha. Zaharlanish”, “Oramizdagi abadiylik” kabi qator filmlar kiritilgan.
Ro‘yxatni tuzishda “qizil zona”da bo‘lgan filmlar inobatga olingan bo‘lib, har bir loyihaga kinotanqidchilar tomonidan kamida to‘rtta retsenziya berilgani hisoblangan. Shunday qilib, antireyting yetakchisi Reality Queen 7 ball to‘plagan xolos.
Teleshoular orasida NBC’ning “Dr. Seuss’ The Grinch Musical Live!” nomli maxsus soni eng yomon deya topilgan. Shuningdek, ko‘p seriyalari loyihalar orasidan “Ozchilikda”, Hoops, “Xelstrom” va “Goop laboratoriyasi” o‘rin olgan.