Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda “Ko‘ngil ko‘zi” loyihasi doirasida maktab-internatlarning barcha – 3 mingdan ortiq ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va davolash aksiyasi boshlandi. Bu haqda loyiha muallifi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva 29-dekabr kuni ma’lum qildi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

“Biz Respublika oftalmologiya shifoxonasiga bordik. Bu yerda tibbiy ko‘rik uchun ko‘chma laboratoriya qanday ishlayotgani, operatsion va boshqa xonalarning jihozlanganligi, telemeditsina imkoniyatlari bilan tanishdik.

Bugunning o‘zida 14 nafar bola ko‘rikdan o‘tkazilib, ulardan 6 nafarining ko‘z nurini yaxshilash mumkinligi aniqlandi. Bir nafar bola operatsiya qilindi va ko‘rish qobiliyati 20 foizga tiklandi.

Inshaalloh, ushbu loyiha doirasida 3 ming nafardan ortiq bola orasidan tuzalish imkoni bo‘lgan har bir bolaga jiddiy qaraymiz va ularning tuzalishi uchun bor imkoniyatni ishga solamiz”, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Avvalroq Saida Mirziyoyeva bu borada videomurojaat yo‘llab, aksiya ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning barcha o‘quvchilarini qamrab olishini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, “Ko‘ngil ko‘zi” xayriya aksiyasi 2019-yilning mart oyida o‘z faoliyatini boshlagan. U ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar ta’limi, ularning ma’naviy va ruhiy rivojlanishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, kelgusi hayotga va jamiyatga moslashishi uchun yo‘naltirilgan.

Loyiha doirasida brayl shriftida darslik nashr etish yo‘lga qo‘yildi, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar ehtiyojlariga ixtisoslashtirilgan kompyuter markazi yaratildi, barcha maktab-internatlarning texnik bazasi rivojlantirildi va qo‘yilgan maqsadga erishish uchun boshqa kichik loyihalar amalga oshirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi