Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2021-yil 1-yanvardan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibining o‘rinbosari vazifasini bajarishga kirishadi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ilhom Ne’matov Namangan viloyatida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika instituti va Moskvadagi Diplomatik akademiyani tugatgan.

1992-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. U tizimda Konsullik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ish boshlagan. Turli yillarda O‘zbekistonning Hindiston, Rossiya, AQShdagi elchixonalariga rahbarlik qilgan, Tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi, tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Iqtisod fanlari nomzodi, O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi yuqori diplomatik martabasiga ega.

Ilhom Ne’matov MDH Ijroiya qo‘mitasida iqtisodiy hamkorlik masalalarini muvofiqlashtirishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevral oyida Ilhom Ne’matov tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosarligidan vazir o‘rinbosarligiga o‘tkazilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov