• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Birinchi rahbar davrida yuridik doktor edim, hozir esa akademikman”. Akmal Saidov ikkita prezident davrida ham ishlab kelayotganiga izoh berdi

    “Toshkent yoshlar forumi – 2020” doirasida o‘tkazilgan “Globallashuv davrida yoshlar migratsiyasi” mavzusida yoshlar bilan suhbat chog‘ida Akmal Saidov “Ikkita prezident davrida ham ishlab kelyapsiz. Bu nimaning hisobiga? Ya’ni tajribami, moslashuvchanlikdanmi?”, degan savolga javob berdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Men hech qachon kommunistik partiya a’zosi bo‘lmaganman. To‘g‘ri, partiyaga kirmoqchi bo‘lganman, lekin menga navbatingiz keldimi, deyishgan. Qolaversa, qayta qurish davrida partiyasizlar ham oldinga surilsin, faqat partiya a’zolari emas, degan gap bo‘ldi.

    Men o‘sha paytlari O‘zbekiston yoshlar tashkiloti rahbari bo‘lganman. Buni bir tasodif deyishim ham mumkin. Bundan keyin bir qancha hukumat ishlariga ehtiyoj sezishgan va men yordam berganman. Ya’ni mening yordamimga bo‘lgan ehtiyojning tug‘ilish sababi men jahon tajribasini, tillarni bilishimda va yuristligimda bo‘lgan.

    Xususan, davlat tili haqidagi qonunni men yozganman va hech kimdan ko‘chirmaganman. Biz Ittifoqda birinchilardan bo‘lib 1989-yil 21-oktabrda tayyorlaganmiz. Men bu ishimdan g‘ururlanaman.

    Keyingi ishlarim O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini tuzishda bo‘ldi. Bunda mutaxassislarni ham jalb qilganmiz, xalqning fikrini ham olganmiz. To‘g‘risini aytaman, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov meni komsomolning birinchi kotibi qilmoqchi bo‘lgan, men yo‘q deganman. Men “Kotib bo‘ladiganlar ko‘p, mendan yuridik sohada foydalaning”, deb aytganman.

    O‘ylaymanki, shuncha yildan beri ishlab kelishimga sabab o‘zimning bilimim bo‘lsa kerak. To‘qsoninchi yillarda xorijiy tillar bilan ishlaydigan yagona yurist bo‘lganman.

    Lekin hozir til bilish juda katta e’tiborga loyiq holat bo‘lmay qoldi. Ayrim mutaxassislar o‘zining ona tilidan ham ko‘ra chet tilini yaxshi biladi. Bu holatni men qoralayman. Tarixdan o‘zbek ziyolisi kamida uchta tilni – o‘zbek tili, arab tili va fors tillarini bilgan. Bitta tilni bilgan odam bitta dunyo, ikkita tilni bilgan odam ikkita dunyo.

    Qolaversa, yoshlar tashkilotidagi tajribam menga elchilik uchun yo‘l ochib bergandir. Bizda Inson huquqlari markazi ochilgan paytda O‘zbekiston eng tanqidga uchraydigan davlat edi. Salkam 20 yil O‘zbekiston qora ro‘yxatda bo‘lib kelgan. Inson huquqlari bo‘yicha mutaxassis hech qayerda alohida tayyorlanmaydi. Bu hayotiy tajriba va bilimdan kelib chiqadi.

    Qisqasi, birinchi rahbar davrida yuridik doktor edim, hozir esa akademikman.

    Akmal Saidov, O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari

    Ma'lumot uchun, Akmal Saidov Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tug‘ilgan. 1990-yilda yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini, 1993-yilda xalqaro va qiyosiy huquq professori ilmiy unvonini olgan. 2017-yildan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi.

    Akmal Saidov 1994—1996-yillarda O‘zbekistonning Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisi, shuningdek, O‘zbekistonning YuNESKO huzuridagi doimiy vakili sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Prezident farmoniga muvofiq, 1996-yil oktabr oyidan buyon Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari.

    19.12.2020, 19:16   Izoh (0)   33719
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markaziga direktor tayinlandi

    19.12.2020, 18:56

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” tomonidan talaba va o‘quvchilar uchun 50 foizlik chegirma e’lon qilindi

    19.12.2020, 17:55

    Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Har biringizda ertalab turib dunyoning eng boy insoni bo‘lib qolish imkoni bor”

    19.12.2020, 17:18

    Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Talant Mamitov koronavirusga qarshi kurashda ko‘rsatgan yordami uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi

    19.12.2020, 16:59

    “Zamin” fondi ko‘magida 2020-yilda eshitish qobiliyatini yo‘qotganlarga implantlarni o‘rnatish bo‘yicha 36 ta operatsiya amalga oshirildi

    19.12.2020, 15:58

    Qashqadaryoda 13 nafar o‘smir is gazidan zaharlandi

    19.12.2020, 14:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00

    “Liverpul” Jotaning oilasiga futbolchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha maosh to‘lab boradi

    Sport | 5 iyul, 16:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.