Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida alimentdan qarzdor ota farzandlariga uy olib berdi, deya xabar qilmoqda “Kun.uz”.

Ma’lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2019-yildagi sud buyrug‘i bilan qarzdordan undiruvchi foydasiga ikki nafar farzandi ta’minoti uchun uchdan bir qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lgan.

MIBning Yakkasaroy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan mazkur ijro hujjati yuzasidan fuqaro bilan huquqiy tushuntirish ishlari olib borilgan.

Natijada 2020-yil 12-dekabr kuni tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida qarzdor ota tomonidan ikki nafar voyaga yetmagan farzandi uchun 375 million so‘m miqdoridagi uy-joy olib berilgan.

Undiruvchi arizasi bilan ushbu ijro hujjatining ish yurituvi tamomlangan.

Avvalroq samarqandlik ota 4 nafar voyaga yetmagan farzandi uchun 42 million so‘m aliment pulini birdaniga to‘lab bergani, farg‘onalik ota ikki farzandi uchun aliment o‘rniga Spark bergani hamda andijonlik ota farzandlariga aliment pullari o‘rniga uy sovg‘a qilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova