Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Oks Aleksandriyasi deya atalgan Surxondaryo viloyatidagi Kampirtepa yodgorligi devori buzilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda akademik, arxeolog-olim Edvard Rtveladzega tayanib “Nuz.uz” xabar berdi.

Foto: “Nuz.uz”

Foto: “Nuz.uz”

Rtveladzening so‘zlariga ko‘ra, yodgorlikda 40 yildan buyon ilmiy tadqiqot va qazilma ishlari olib borilmoqda. Ushbu qal’a Markaziy Osiyoda antik davrning eng qadimiy yodgorliklaridan biridir.

Professorning ma’lum qilishicha, u noyabr oyida tarixiy obyektga tashrif buyurganida, “barchasi joyida bo‘lgan”.

“Barchasi joyida edi. Uning qulab tushishidan dalolat beradigan belgilar yo‘q edi. Bundan vayronagarchilikni yuzaga keltiradigan kuchli zilzilalar qayd etilmagan. Shuningdek, uni yuvib yuborishga qodir kuchli yog‘ingarchilik ham kuzatilmagan. Hech narsa bo‘lmadi”, — deydi akademik.

Mavjud suratlarni o‘rgangan Edvard Rtveladze vayronagarchilik “qasddan amalga oshirilganiga” tobora ishonch hosil qilmoqda.

Foto: “Nuz.uz”

Foto: “Nuz.uz”
“Buni kimdir yoki kimlardir ataylab amalga oshirgan. O‘zbekistonimizda bu kabi dahshatli voqea sodir bo‘lganidan xorijlik hamkasblarim qarshisida uyatdaman. Axir Kampirtepa dunyo arxeologik faniga Oks Aleksandriyasi sifatida kirgan. Biz shuncha yil ish olib borgan topilmamiz bilan faxrlanamiz — endi esa uni asrab qola olmadik. Bu sharmandalik, shaxsan men uchun sharmandalik!”, — deydi olim.
Surxondaryo viloyatida Madaniy meros departamenti hududiy boshqarmasining ma’lum qilishicha, Rtveladze 1990—2000 yillarda yodgorlikning sharqiy qismida restavratsiya ishlarini olib borgan va yodgorlikning kirish qismida ramziy devor qurilgan. Restavratsiya va rekonstruksiya ishlari, jumladan, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirilgan. 2018-yilda respublika budjetidan yodgorlikning g‘arbiy devorida ta’mir-tiklash ishlari olib borilgan.

Manbalarda aytilishicha, 2020-yilning noyabr oyida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Kampirtepa yodgorligining janubi-g‘arbiy devorning o‘rta qismi konservatsiya qilinmaganligi sababli qulab tushgan.

Madaniyat vazirligi Kampirtepa yodgorligi devorining buzilishi yuzasidan Madaniy meros departamenti tomonidan Bosh prokuraturaga tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida murojaat yo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilgan.

Shuningdek, Rtveladzening tavsiyasiga ko‘ra, restavratsiya ishlarini bahorda boshlash uchun devorning buzilgan qismini mustahkamlovchi vositalar yordamida qalin plyonka bilan yopish tavsiya etilgan. Kampirtepa yodgorligidagi ushbu devorni tiklash akademik Rtveladze boshchiligida respublika budjetidan 2021-yilda ta’mirlanadigan moddiy meros obyektlari dasturiga kiritiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)