Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“MuzA” brendidan yangilik: barchamiz bolaligimizda iste’mol qilgan xamiri qarsildoq, ko‘p qatlam va naqshga ega somsalar uchun xamir. Sizga xamirning nima uchun o‘zgacha ekani va u sizga nimasi bilan yoqishi mumkinligi haqida aytib beramiz.

“MuzA” xamiridan yangi mahsulot – somsa uchun yangi, yog‘i kamaytirilgan qatlamli xamirimizdan foydalanib ko‘rdingizmi? Yangi mahsulot boshqa xamirlardan qanday farq qilishi mumkin – axir “MuzA”da somsa uchun xamir bor edi-ku, deb o‘ylayotgan bo‘lishingiz mumkin. Ammo ushbu mahsulot sizni ajablantira olishiga ishonamiz.

Ko‘pchiligimiz uchun bolalikdagi tong, laganni to‘ldirib turgan buvijonlarimiz tomonidan tayyorlangan yanog‘i qizil somsalarning xushbo‘y iforidan boshlanar edi. Bu somsalar qandaydir sehrli edi: hattoki tushlik yoki kechki ovqatgacha ham somsalar xuddi shunday tiniq, xushbo‘y va qarsildoq bo‘lib qolaverar edi. Somsa yuzasidagi yaqqol ajralib turuvchi “bosh kiyimini” esa ba‘zilarimiz buvijonlarimizning o‘zi chizgan deb o‘ylar edik, ammo qanday qilib – bu sir bo‘lib qolardi.

“MuzA”ning yangi, yog‘i kamaytirilgan xamiridan pishirilgan somsalar sizga aynan o‘sha buvijonlarimiz tayyorlab beradigan yanog‘i o‘zgacha qizil va chizilgan kabi tiniq qatlamli, qarsildoq somsalarni yodga soladi.

Ushbu xamirdan tayyorlangan somsalarni yeb ko‘rgach o‘zingizni beg‘am va betashvish bolaligingizga qaytgandek his qilasiz. Qarsildoq somsalar sizni bir zumga bo‘lsa ham bolaligingizga qaytarishga muvaffaq bo‘ladi. Eng ajablanarlisi shundaki, somsalar qarsildoqligini uzoq vaqtgacha saqlab qoladi.

Qadog‘i

Xamir zamonaviy uslubda qadoqlangan: oq va tilla rangli qadoq, yorqin bo‘lmagan tasvirlar – bularning barchasi e‘tiborni jalb qiladi.Qadoqning orqa tomonida barcha kerakli ma‘lumotlar mavjud: tarkibi, kaloriyasi, foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar.

Xususiyatlari:

Xamir maxsus texnologiya yordamida qoriladi.

Xamir bilan ishlash juda oddiy: u rulet shaklida o‘ralgan, siz esa faqatgina uni xona haroratida 30-60 daqiqa davomida eritsangiz bas. Erigan xamirni esa bo‘laklarga bo‘lib, yoyishingiz mumkin – boshqa tayyorgarlik talab qilinmaydi.

Eng asosiysi, aylananing o‘rtasi chetlaridan qalinroq bo‘lishi kerakligini yodda tuting: shunda xamir teng ravishda pishadi.

Qayerdan qanchaga sotib olish mumkin

Kelayotgan yangi yil munosabati bilan Makro va “Korzinka.uz” do‘konlaridan “MuzA” savdo belgisi ostidagi barcha qatlamli xamirlarni arzonlashtirilgan yangi yil narxlarida sotib oling. Yangi yil dasturxoningiz “MuzA” bilan to‘kin va mazali bo‘lsin.

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova