Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qirg‘iziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Artyom Novikov Botken va O‘sh viloyatlariga tashrif buyuradi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Kaktus.media

Foto: Kaktus.media

Ma’lum qilinishicha, 7—9-dekabr kunlari bosh vazir vazifasini bajaruvchi, Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Artyom Novikov Botken va O‘sh viloyatlariga boradi. Novikov safar doirasida sanoat obyektlari faoliyati bilan tanishadi, Isfana shahridagi aeroportning ochilish marosimida ishtirok etadi va Qadamjoy shahrida kasalxona qurilishini ko‘zdan kechiradi.

“Shuningdek, amaliy tashrif doirasida bosh vazir vazifasini bajaruvchi joriy yil 8-dekabr kuni O‘zbekistonning Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tadigan Qirg‘iziston hukumatining chegaraoldi viloyatlarda vakolatli vakillari hamda O‘zbekiston chegaraoldi viloyatlari hokimlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi”, — deyiladi xabarda.

Safar yakunida Artyom Novikov “Irkeshtam” nazorat-o‘tkazish punkti faoliyati bilan tanishadi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev boshchiligidagi delegatsiya 5—6-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lishi xabar berilgan edi. 5-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ruslan Kazakbayev bilan uchrashib, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, suv xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalarida O‘zbekiston–Qirg‘iziston hamkorligining hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyada “Saroy to‘ntarishlari”ning boshlanishi, parvoz vaqtida portlab ketgan “Chellenjer” va general Vlasovning xoinligi. Kun xronologiyasida 28-yanvar
Mahalliy
O‘zbekistonda Italiyaning agrar sohaga oid universitetlari filiallari ochiladi
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi