• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston maktablarida uchta ta’til o‘rniga uzaytirilgan qishki ta’til joriy etilishi mumkin

    O‘zbekistonda umumta’lim maktablaridagi uchta (kuzgi, qishki va bahorgi) ta’tilning o‘rniga bitta uzaytirilgan ta’tilni joriy qilib, o‘quv yili taqvimini o‘zgartirish taklif qilindi. Taklif matni “Ilm-fan va ta’lim” Telegram kanalida e’lon qilindi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bildirilgan taklifga ko‘ra, ko‘plab rivojlangan davlatlarda maktablardagi o‘quv yili boshlanishi, ta’til kunlari va dars mashg‘ulotlari davomiyligining belgilanishi asosan ta’lim maqsadlaridan, tashkiliy masalalardan hamda iqlim sharoitlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.

    Ta’kidlanishicha, umumta’lim maktablari o‘quvchilari, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kuz-qish mavsumi davrida o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashidagi qator noqulayliklarni o‘quv yilining boshlanishi, tugashi hamda ta’til kunlarining muddatini o‘zgartirish va dars mashg‘ulotlari davomiyligini qisqartirish orqali sezilarli darajada bartaraf etish mumkin.

    “Respublikamizdagi 10 mingga yaqin umumta’lim maktablarining aksariyati qishloq hududlarda joylashgani, ushbu maktablarga 3 kilometr radiusda joylashgan xonadonlardan ichki yo‘llarning hozirgi holatida qish kunlarida, yog‘ingarchiliklar davrida ham o‘quvchilarning, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining piyoda qatnab o‘qiyotgani, bu davrda o‘quvchilar kasal bo‘lishlarining keskin ko‘payishi, umumta’lim maktablarining markaziy isitish tizimlariga ulanmagani hamda kuz-qish mavsumida issiqlik va elektr-energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning keskin ortib ketishi natijasida energiya tanqisligi vujudga kelishi, ta’lim muassasalarini kuz-qish mavsumida isitish uchun va elektr energiyasi uchun, jumladan, ko‘mir sotib olish uchun davlat budjetidan 80—100 milliard so‘mga yaqin mablag‘lar sarflanayotgani masalaning dolzarbligini ko‘rsatadi”, — deb yozadi taklif matnida.

    Tashabbuskorlar guruhi quyidagi takliflarni ilgari surgan:

    • O‘quv yilining boshlanishini 2-sentabr kuni o‘rniga 26-avgust, tugashini esa 25 may o‘rniga 31-may deb belgilash;
    • O‘quvchilar uchun amaldagi 4—9-noyabr, 28-dekabr—10-yanvar, 21—27 mart kunlaridagi ta’til kunlari o‘rniga 25-dekabrdan 2-fevralgacha qishki ta’tilni joriy etish;
    • Yozgi ta’til vaqtining ikki haftaga qisqarishi munosabati bilan o‘qituvchilar uchun 11—25-yanvar kunlari davomida ikki haftalik haq to‘lanadigan mehnat ta’tilini berib borish;
    • 2-choraklar hamda 3 va 4-choraklar oralig‘ida qisqa muddatli ta’til zarur deb hisoblansa, 1 va 3-chorakning oxirgi o‘qish kuni mashg‘ulotlarini hamda 2 va 4-chorakning birinchi o‘qish kuni mashg‘ulotlarini tegishli choraklardagi boshqa o‘qish kunlarida o‘tish hisobiga choraklar orasida ikki kunlik ta’til belgilash.
    Faollarga ko‘ra, bu taklifni amalga oshirish uchun deyarli mablag‘ sarflanmaydi; aksincha, bir necha o‘n milliard so‘m mablag‘ tejalishi mumkin. Shuningdek, bu bilan qish mavsumida o‘quvchi va o‘qituvchilarga ancha yengillik yaratilishi ma’lum qilingan.

    Mavzuga doir: Respublika ta’lim markazi direktori maktablarda joriy qilinayotgan Science fani qaysidir fandan voz kechish evaziga kiritilmayotganini aytdi

    Bundan tashqari, ta’kidlanishicha, o‘quvchilar yoshi va jismoniy rivojlanganlik darajasi har xil bo‘lishiga qaramasdan, shu bilan birga, noqulay ob-havo sharoitlarida, ya’ni o‘ta issiq yoki sovuq kunlarda isitish yoki sovitish tizimlari bilan jihozlanmagan hamda 2—3-smenada o‘qitiladigan maktablarda ham dars mashg‘ulotining davomiyligi bir xil — 45 daqiqa deb belgilangan. Bu esa, o‘quvchilarga, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

    Shundan kelib chiqib:

    • boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun dars mashg‘uloti davomiyligini 40 daqiqa deb belgilash (bunda boshlang‘ich sinflar uchun tanaffus vaqtini 5 daqiqaga uzaytirish orqali barcha sinflardagi dars vaqtining boshlanishini bir xil qilish mumkin);
    • tuman yoki shahar xalq ta’lim bo‘limlari ruxsati bilan noqulay ob-havo sharoitlarida, ya’ni o‘ta issiq yoki sovuq kunlarda isitish yoki sovitish tizimlari bilan to‘liq jihozlanmagan, shuningdek, 2—3 smenada o‘qitiladigan umumta’lim maktablarida dars mashg‘ulotining davomiyligini 5 daqiqaga qadar qisqartirishga ruxsat berish amaliyotini joriy etish taklif etilmoqda.
    Bu takliflarning joriy etilishi bilan quyidagi natijalarga erishilishi mumkin:
    • kuz-qish mavsumi davridagi isitish va elektr energiyasi sarfi 30 foiz atrofida tejaladi; bu maqsadlar uchun xarajatlar 20—30 milliard so‘mga kamayadi;
    • hozirgi kunda bir vaqtga to‘g‘ri kelayotgan Mustaqillik bayrami, Birinchi Prezidentni xotirlash kuni hamda Bilimlar kunlarining tarbiyaviy-ma’naviy ta’sirchanligini oshirish mumkin;
    • o‘quvchilarga, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga qulayliklar yaratiladi;
    • boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining dars mashg‘ulotlaridagi mehnat sarfi 10 foizga yaqin qisqaradi;
    • o‘qituvchilar uchun o‘quv yili o‘rtasida ham mehnat ta’tiliga chiqish va o‘z ustida ishlash uchun qo‘shimcha imkoniyat paydo bo‘ladi;
    • Prezident farmonida belgilangan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalari o‘quvchilari, rahbar-xodimlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.
    Qayd etilishicha, taklif “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga ham joylangan. Taklifning portalda e’lon qilinishi masalasi moderatorlar tomonidan hal etiladi.

    Avvalroq deputat Alisher Qodirov o‘quvchilar orasida jinoyatchilik ko‘payib ketayotgani sababini ularning ovqatlanishidan izlash kerakligini ta’kidlagani, maktab bitiruvchilariga mehnat bozorida ish topib beruvchi kasbga yo‘naltirish tizimi joriy etilishi hamda O‘zbekistondagi maktablarda 2021/2022-o‘quv yilidan jismoniy tarbiya darsi haftada 2 soatdan o‘tilishi haqida xabar qilingandi.

    07.12.2020, 14:09   Izoh (0)   43201
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shayxontohur prokuraturasi Navoiy ko‘chasidagi buzilgan do‘konlardan birining kompensatsiyasi to‘lanmagani sabab Toshkent hokimligini sudga berdi

    07.12.2020, 13:58

    O‘zbekiston Rossiyaga koronavirusga qarshi vaksinani birgalikda ishlab chiqarishni taklif qildi

    07.12.2020, 13:37

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga oltinchi hafta ko‘tarildi

    07.12.2020, 13:12

    O‘zbekiston Milliy gvardiyasi to‘g‘risidagi qonun e’lon qilindi

    07.12.2020, 12:23

    “O‘quvchilarning aksenti qattiq sezilyapti”. Sherzod Shermatov bolalarga til o‘rgatish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan foydalanishga chaqirdi

    07.12.2020, 12:11

    “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasiga rahbar tayinlandi

    07.12.2020, 11:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gruziyada 7 ta NATO davlati ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

    Dunyo | 27 iyul, 23:45

    Polsha Tayvandan dron xarid qilish bo‘yicha Yevropada yetakchiga aylandi

    Dunyo | 27 iyul, 23:10

    Xitoy sun’iy intellekt xavfsizligi borasida global hamkorlikka chaqirdi

    Dunyo | 27 iyul, 21:57

    Turkiya o‘z tarixidagi eng kuchli aviabombalarini taqdim etdi

    Dunyo | 27 iyul, 20:24

    BMT Falastin davlati qurilishida yordam berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 27 iyul, 18:30

    Avstriyada 400 ga yaqin yo‘lovchi qorong‘i tunnelda 6 soat qolib ketdi

    Dunyo | 27 iyul, 17:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.