• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev tarmoqlarga ilm-fan va innovatsiyani joriy qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tanqid qildi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-dekabr kuni ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish borasida oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar, tarmoq va hududlar oldidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, mamlakatda so‘nggi to‘rt yilda 28 ta ilmiy tashkilot va 4 ta innovatsion texnopark tashkil etildi. Olimlarning ish haqi 3 baravar oshirildi. Ilmiy tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini yangilash uchun katta mablag‘lar yo‘naltirildi.

    “Bir so‘z bilan aytganda, soha uchun ham moddiy, ham tashkiliy jihatdan barcha sharoit yaratilmoqda. Lekin, yig‘ilishda ta’kidlanganidek, 100 dan ziyod ilmiy tashkilotlar faoliyatida, ular tomonidan olib borilayotgan izlanishlarda hali sezilarli o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. Masalan, 24 ta muassasa o‘tgan yili xalqaro tan olingan jurnallarda birorta ham ilmiy maqola chop etmagan. Innovatsiya vazirligi ilmdan ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘zaro bog‘lovchi yaxlit tizim va muhitni yo‘lga qo‘ya olmayapti”,— deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

    Ma’lum qilinishicha, innovatsion ishlanmalar uchun budjetdan 100 milliard so‘m ajratilayotgan bo‘lsa-da, tanlov natijasi bo‘yicha bor-yo‘g‘i 29 milliard so‘mlik 51 ta loyiha shakllantirilgan. Fanlar akademiyasi tizimidagi 33 ta ilmiy institut tomonidan o‘tgan yili atigi 59 ta patent olingan.

    Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar darajasi o‘ta past, ilm va innovatsiya masalalari bo‘yicha mas’ul prorektorlar umuman ishlamayotgani qayd etildi.

    “Oliygoh, ilmiy tashkilotlar, tarmoq va hududlar o‘rtasidagi muloqot qanday? Bugun kun tartibida mana shu savol turibdi. Afsuski, muloqot talab darajasida emas”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Videoselektor yig‘ilishida ilm-fan bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlash, ilmiy institutlarga buyurtmalarni shakllantirish bo‘yicha dolzarb yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tildi.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi yirik zavodlarda elektr energiyasi sarfini optimallashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

    Xususan, qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirish, hududlarni ixtisoslashtirish, yuqori qiymatli mahsulotlarni ko‘paytirishga xizmat qiladigan ishlanmalar zarurligi ta’kidlandi. Chunki hududlar iqlimiga mos ekin navlarini yaratish, sifatli urug‘lik tayyorlash ishlari mutlaqo qoniqarsiz ahvoldaligi qayd etildi. Oxirgi ikki yilda 108 million dollarlik ko‘chat va urug‘lar import qilingan. 2020-yilda birgina kartoshka urug‘ining importi 2019-yilgiga nisbatan 2 baravar oshgan.

    Hududlarda xususiy urug‘chilik korxonalari tashkil etish, chet eldan bozorbop navlarni olib kelib, mahalliy sharoitlarga moslashtirgan holda urug‘ brendlari yaratish zarurligi ta’kidlandi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligiga ekinlarning yangi avlod gibrid urug‘larini yetishtirish va urug‘shunoslik laboratoriyalari tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Suv xo‘jaligi sohasidagi muammolarni ham ilmiy yechimlar orqali hal qilish mumkin. Xususan, sug‘orishda suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash kengayib bormoqda. Lekin bunda o‘g‘itlarni to‘g‘ri eritish, sug‘orish vaqtini aniqlash, muddatida texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tizim tashkil etilmagan. Yomg‘irlatib sug‘orish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga joriy etish ham oqsamoqda.

    Shu bois Namangan, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida suv tejovchi texnologiyalarga xizmat ko‘rsatadigan qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.

    Xorijiy moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan irrigatsiya obyektlarini loyihalashtirish ishlariga chet ellik mutaxassislar bilan birga mahalliy olimlarni ham jalb qilish muhimligi aytildi. Misol uchun, Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarish bo‘yicha 215 million dollarlik loyihaning 8 millioni ilmiy izlanishlarga yo‘naltirilgan.

    Xorazmda tashkil etilgan Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi orqali viloyatdagi irrigatsiya inshootlarini qayta loyihalashtirish, suv resurslarini to‘g‘ri rejalashtirish lozimligi qayd etildi.

    Farmatsevtika sanoati import substansiyalariga bog‘lanib qolgan. Aslida, mamlakatda ularni ishlab chiqarish uchun ilmiy salohiyat mavjud. Misol uchun, O‘simlik moddalari kimyosi instituti o‘tgan ikki yilda Rossiya, AQSh va Fransiyaga 4 million dollarlik substansiya eksport qilgan. Mazkur institutda dorivor o‘simliklar tarkibini o‘rganish va standartlashtirish bo‘yicha maxsus laboratoriya hamda klinikagacha tadqiqotlar markazi tashkil etish, olimlarga grantlar ajratish choralari belgilandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Bir narsani bilishimiz kerak: ilmsiz, innovatsiyasiz oldimizga qo‘ygan maqsadlarga hech qachon erisha olmaymiz. Hisobot uchun emas, natija uchun ishlash kerak”, — deya ta’kidladi Prezident.

    Xorijiy klinikalar bilan hamkorlikda Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida jigar, buyrak, ilik transplantatsiyasini, Respublika kardiologiya markazida yurak bilan bog‘liq innovatsion amaliyotlarni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

    Ilm-fanni ishlab chiqarish bilan bog‘lash uchun texnoparklar imkoniyatidan keng foydalanish lozimligi aytilib, bu borada oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va Innovatsion rivojlanish vazirligiga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 30 pog‘onaga ko‘tarildi
    • O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida ilmni rivojlantirish uchun 126 mln dollar yo‘naltiriladi
    • Prezident suv xo‘jaligi tizimiga innovatsiyalar kiritish uchun “Loyihalash guruhi”ni tashkil etish haqida ko‘rsatma berdi

    03.12.2020, 22:10   Izoh (0)   18505
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlaridagi 3 mlrd tonna texnogen chiqindini qayta ishlash vazifasini qo‘ydi

    03.12.2020, 21:46

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi yirik zavodlarda elektr energiyasi sarfini optimallashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

    03.12.2020, 21:23

    Ruslanbek Davletov: Cheklovlar to‘g‘risida kamroq gapirish kerak. Cheklashga juda ustamiz, shu paytgacha buni juda ham zo‘r uddalaganmiz

    03.12.2020, 20:56

    O‘zbekistonda 2021-yilda Abdulla Oripov, O‘tkir Hoshimov va Botir Zokirov yubileylari nishonlanadi

    03.12.2020, 20:21

    Jurnalist va yozuvchi Sotvoldi Rajabov 74 yoshda vafot etdi

    03.12.2020, 19:10

    O‘zbekistonda 2021-yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

    03.12.2020, 18:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yakkabog‘ va Paxtaobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 10:30

    Hindistonda zavoddagi portlashda 39 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 2 iyul, 10:25

    Xitoyda ilk bor robotlar ishtirokida futbol turniri o‘tkazildi (video)

    Texnologiyalar | 2 iyul, 10:14

    “PSJ” “Bavariya”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning chorak final jufliklari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 2 iyul, 10:05

    Toshkent viloyatida pora evaziga 3 mln dollar kredit olib bermoqchi bo‘lganlar qamoqqa olindi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 10:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.