Amerikaning Arkanzas shtati Nyuport shahrida yashovchi 23 yoshli Chestiti Patterson 4 yil avval otasidan ayrilgan. Patterson ota-onasini qattiq sog‘inganidan ularning eski telefon raqamiga yangiliklar haqida xabar yozadi. “Salom dada, bu menman. Ertaga yana qiyin kun bo‘ladi”, − deb yuborgan xabariga sira ham javob kutmagan edi.

Foto: Instagram / @_cswetts_

Uning xabarlari vafot etganiga 4 yil bo‘lgan otasiga bag‘ishlangan edi. U xabarda kollejni qanday tugatganligi va saraton kasalligini yengishga qodirligi haqida yozgan. Shuningdek, qiz hali ham otasining o‘limi uchun qayg‘urayotganligi va uni juda ham sog‘inganligini yashirmagan edi. Patterson xabarni yuborganida kutilmagan javob olishini xayoliga ham keltirmagandi.

Foto: Instagram / @_cswetts_

Bir kuni “Salom, azizam. Men sizning dadangiz emasman, lekin shu to‘rt yil davomida barcha xabarlaringizni oldim. Hattoki ularni ertalabdan intiqlik bilan kutardim”, − deyilgan javob xati kelgan. Bundan tashqari, noma’lum erkak o‘z qizi 2014-yil avgust oyida avtohalokatda vafot etganligini ham aytib o‘tgan.

Foto: Instagram / @_cswetts_

“Faqat sizning xabarlaringiz hayotimni saqlab qolishga yordam berdi. Har bir xatni Yaratgandan deb qabul qildim. Juda ham yaqin insoningizni yo‘qotganingizdan afsusdaman. Hayot yo‘lidagi to‘siqlarni yengishingizni kuzatdim. Men ham qizimning siz kabi irodali ayol bo‘lishini juda istar edim”, − deyilgan javobda.

Foto: Instagram / @_cswetts_

Notanish insonning javobidan Patterson juda ta’sirlandi va Facebook’dagi sahifasiga yozishmalarning suratini joyladi. Ushbu post yuzlab sharh va chorak milliondan ortiq layk yig‘di.