Daryo

Fransiyada 110 yil avval kabutar yo‘qotgan nemis zobitining maktubi topildi

Hammasi bo‘lib ushbu maktubning 4 nusxasi yuborilgan va ulardan birini kabutar yo‘qotgan

1 daqiqa o‘qish60 812 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Korrespondent.net”

Fransiyaning Elzas shahrida 110 yil avval kabutar tomonidan yo‘qotilgan nemis armiyasi zobitining maktubi tasodifan topildi. Bu haqda mahalliy muzey xodimi Dominik Jardi ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Nemis tilida yozilgan maktub alyumin qobiqda bo‘lib, u sayr qilib yurgan er-xotin tomonidan topildi. Ular maktub va qobiqni Orbe shahri Lenj dovonidagi muzeyga topshirdi.

“Bunday topilmalar juda kam uchraydi. Muzeydagi 40 yillik ish faoliyatim davomida men bunga o‘xshash narsalarni ko‘rmadim”, − deydi Dominik Jardi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qobiq, ehtimol, Ikkinchi jahon urushidan keyingi o‘qlar singari yuzaga qalqib chiqqan.

Maktubni o‘qish uchun Jardi nemis hamkasbiga yuzlandi. Ma’lum bo‘lishicha, xat 1910-yilda polkdagi piyoda zobit tomonidan yozilgan. Unda harbiy xizmatchining komandiriga murojaati bayon etilgan. Matnda o‘sha paytda Germaniya imperiyasining tarkibiga kiruvchi Elzas mintaqasidagi harakatlar haqida gap ketgan. Hammasi bo‘lib ushbu maktubning 4 nusxasi yuborilgan va ulardan birini kabutar yo‘qotgan.

Tashrif buyuruvchilar maktubni ko‘rishi mumkin, u muzeyda maxsus muhrlangan stendda namoyish etiladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar