“Barselona” himoyachisi Kleman Langle La Liga 11-turi doirasida “Osasuna”ga qarshi kechgan bahsda (4:0) jarohat oldi.

Foto: Twitter

Fransiyalik futbolchi raqib yarim himoyachisi Ruben Garsiya bilan bo‘lgan to‘qnashuvda to‘pig‘ini shikastlab oldi va 67-daqiqada zaxiraga olindi. “Barselona” ustozi Ronald Kumanning ta’kidlashicha, dastlabki taxminlarga ko‘ra, jarohat u qadar jiddiy emas.

Shu tariqa katalon klubining to‘rtinchi markaziy himoyachisi jarohat oldi. Ayni damda Samyuel Umtiti, Xerard Pike va Ronald Arauxo turli jarohatlar sabab lazaretda bo‘lib turibdi.

Endi “Barselona”da asl pozitsiyasi markaziy himoyachi bo‘lgan yagona futbolchi qoldi — bu “Barselona B”dan jalb etilgan 21 yoshli Oskar Mingesa.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!