“Barselona”ning bir yo‘la ikki futbolchisi “Atletiko”ga qarshi uchrashuvda (0:1) jarohat oldi.

Foto; Twitter

Himoyachi Xerard Pike 62-daqiqada ko‘z yosh to‘kkan holda maydonni tark etgan bo‘lsa, Serxi Roberto uchrashuv yakunida jarohat oldi. Shuningdek, rasmiy ma’lumotlar berilmagan bo‘lsa-da, jamoa hujumchisi Usmon Dembele ham jarohat olgani xabar qilingan. Futbolchi to‘qnashuvlarning birida yelkasini shikastlab olgan.

Katalon klubi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Pikening o‘ng tizzasi bog‘lamlarida yorilish yuzaga kelgan. Roberto esa o‘ng soni mushaklarini shikastlab olgan.

Ispan OAVda berilgan xabarlarga ko‘ra, Pike 3 oydan 5 oygacha maydonga tusha olmasligi mumkin. Serxi Roberto esa 2 oysiz safga qaytmaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!