Buyuk Britaniyaning Addlstoun shahrida yashovchi Lyusi Blur karantindan keyingi davrda xavfsiz ravishda tashqariga yoki qahvaxonaga borishi mumkin bo‘lgan kunni eslay olmaydi. U hamisha insonlarning nigohi ostida, hattoki undan birga suratga tushishni ham so‘rashadi. Buning uchun u bor-yo‘g‘i sochlarini qisqartirgan edi, deb yozadi Daily Mail.

Foto: Daily Mail

Yangi soch turmagi qizni shu qadar o‘zgartirib yubordiki, odamlar uni taniqli ingliz aktrisasi Mishel Kigan bilan adashtirmoqda.

Lyusi Blur

Foto: CATERS NEWS

Mishel Kigan

Foto: Pinterest

Ikkala qiz ham kashtan rangli hajmdor soch turmagida. Ikkisining ham tabassumi va teri rangi o‘xshash. Karantindan keyin odatiy hayot kechirayotgan Lyusi notanish odamlardan Mishel Kiganga o‘xshashligini eshita boshladi. “Odamlar meni mamlakatdagi eng chiroyli qizlardan biri deb hisoblashlaridan xursandman”, − deydi Lyusi.

Foto: Medialeaks

Foto: “weddbook.com”

Lyusining yangi ko‘rinishi unga Internetda mashhurlik keltirdi. U Instagram sahifasiga suratlarini joylashi bilan darhol Mishel Kigan profilidan o‘nlab havolalar oladi. Odamlar uni yulduz deb qabul qiladi va shaxsiy hayoti, rejalashtirgan filmi haqida so‘raydi.

“Odamlar Mishel bilan mening suratlarimni belgilaydi. Qiziq, u meni ko‘rganmikan, ikkimiz egizakka o‘xshashimizni bilarmikan?” – deydi Lyusi.

Foto: “weddbook.com”

To‘g‘ri, Mishel bilan o‘xshashlik Lyusiga mashhurlik keltirgan bo‘lsa-da, qiz o‘zining yulduz nusxasi ishtirokidagi birorta filmni ko‘rmaganligini tan oldi. Lekin Lyusi aktrisaning Instagram sahifasini muntazam kuzatib boradi. Shuningdek, qizlarning garderobi ham juda o‘xshash.