Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Internetda kuchuk bilan o‘ynayotgan paxmoq mushuk o‘zining dumini yoqib yuborgani tasvirlangan video mashhurlikka erishdi. Foydalanuvchilar nima qilishga hayron, kimdir mushukka qayg‘urgan bo‘lsa, ayrimlar uning noodatiy reaksiyasiga kulmoqda.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Kadrlardan ko‘rish mumkinki, kuchuk va mushuk mehmonxonada o‘ynamoqda. Shu vaqt mushuk sham yoqilgan stolning yoniga o‘tirgan. Qaysidir onda mushukning dum qismidagi juni cho‘g‘lanib, yona boshlagan. Uy hayvoni avvaliga buni payqamagan. Tinchgina o‘tirib, olovning yonishini kuzatgan.

Yonayotgan dum kuchukni ko‘proq qo‘rqitib yuborgan. U do‘stining yonidan tezda xavfsiz joyga uzoqlashgan. Mushuk esa o‘tirgan joyida olovni tomosha qilgan va baxtiga u tezda o‘chib qolgan. Orqa planda esa sodir bo‘layotgan voqealardan bexabar uy egasini uchratish mumkin.

Olov o‘chgach, kuchuk do‘stining oldiga kelib, uning dumini hidlab ko‘rgan. Sodir bo‘lgan voqea kuzatuv kamerasiga tushib qolib, rolik 103 ming marotabadan ortiq tomosha qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)