Turkiyada 2016-yilning 16-iyuliga o‘tar kechasi yuz bergan davlat to‘ntarishiga bo‘lgan urinish qatnashchilari ustidan sud hukmi o‘qildi. O‘ta og‘ir jinoyat ishlari bo‘yicha Anqara shahri sudi harbiy davlat to‘ntarishiga urinishning to‘qqiz nafar ishtirokchisini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Anadolu”

Prokuratura aybloviga muvofiq harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etgan Turkiya qurolli kuchlarining ko‘plab sobiq ofitserlari uchtadan 79 tagacha umrbod qamoq jazosini oldi. Hukm qilinganlarning ko‘pchiligi Anqara yaqinidagi Akinji aviabazasida xizmat olib qilgan harbiy havo kuchlarining uchuvchilari hisoblanadi. Bu ish bo‘yicha jami 475 nafar ayblanuvchi sud oldida javob bermoqda.

​Eslatib o‘tamiz, Turkiyada 2016-yilning 16-iyuliga o‘tar kechasi isyonchilar harbiy davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinib ko‘rdi. Asosiy to‘qnashuvlar Anqara va Istanbul shaharlarida bo‘lib o‘tdi. 250 dan ortiq fuqaro halok bo‘lgan, ikki mingdan ortiq odam jarohat olgan. Isyon bostirilgan.

Keyinroq Turkiyada 50 mingdan ortiq odam hibsga olingan, 160 mingdan ortiq davlat xizmatchisi, shu jumladan, harbiylar ishdan bo‘shatilgan yoki chetlatilgan.

Turkiya hukumati FETO muxolifat tashkiloti yetakchisi Fathulloh Gulenni davlat to‘ntarishiga aloqadorlikda ayblagan. AQShda yashaydigan Gulenning o‘zi esa davlat to‘ntarishini qoralagan va ayblovlarni rad etgan.