26-noyabr kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Shotlandiyaning Sterling hududida Lotti va Jasmin Myur Blair Drummond Smiddy do‘konidagi archali labirintda sayr qilishmoqda.
Foto: PA
Xitoyning Syamin shahrida “Oltin xo‘roz” mukofotining ochilish marosimida raqsga tushayotgan raqqosalar.
Foto: Sinxua
Nepalning Katmandu shahrida darsga kelayotgan o‘quvchi. Maktab direktori onlayn darslarda qatnasha olmayotgan o‘quvchilar uchun darslar tashkil etmoqda.
Foto: EPA
Argentinaning Buenos-Ayres shahridagi prezidentlik saroyida afsonaviy futbolchi Diego Maradonaning tobuti olib chiqilishini kutayotgan ishqibozlar.
Foto: AP Photo
Argentina xalqi afsonaviy futbol yulduzi Diego Armando Maradonaning bevaqt o‘limiga qayg‘urmoqda.
Foto: Reuters
Rossiyaning Stavropol shahrida yashovchi Pavel Prixodko tishlari bilan ikki tonnali yo‘ltanlamas mashinani 1200 metrga sudrab bordi.
Foto: Reuters
Angela Merkelning qarorgohi devoriga antiglobalistik shiorlar yozilgan avtomobil kelib urildi.
Foto: Reuters
Tailandning Bangkok shahrida politsiyachilar muxolifatchilarning kechki namoyishini kutmoqda.
Foto: Reuters
Efiopiya armiyasi jangchilari Tigray tumanidagi muhojirlar uchun keltirilgan gumanitar yordamni qo‘riqlamoqda.
Foto: Reuters
Isroillik askar falastinliklar qurgan noqonuniy qurilishlarni ko‘chirish reydi chog‘ida.
Foto: Reuters
Masofaviy boshqariluvchi robot Misrdagi shifoxonalardan birida koronavirusga chalingan bemorga qaramoqda.
Foto: Reuters
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Maymunlar uchun musiqa, suv kechayotgan muhojirlar, muz ustida uchayotgan odamlar. 24-noyabr suratlari
- Muz yomg‘iri, koronavirusning uchinchi to‘lqini, kuchayib borayotgan vulqon. Hafta suratlari
- Palatkalardagi bolalar, sohilga chiqib qolgan kit, internet izlab daraxtga chiqib olgan erkak. 17-noyabr suratlari
- Dengizda o‘tirgan qorbobo, 17 yoshli ona, vayronalar ichidagi sotuvchi. 16-noyabr suratlari
- Itga qo‘yilgan oltin haykal, poygachi kaptarlar, 6 mingta g‘ozni boqayotgan fermer. 13-noyabr suratlari
- Bo‘shab yotgan modalar shahri, ko‘zoynakli it, ustunni quchgan Tramp. 6-noyabr suratlari