So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12178.1
    • RUB 126.06
    • EUR 13028.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Xitoy rahbari koronavirus testi natijalari asosida xalqaro “salomatlik kodlari” tizimini yaratishni taklif qildi

    22.11.2020, 17:36 13037

    Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin “Katta yigirmalik” (G20) virtual sammitida nutq so‘zlab, “salomatlik kodlari”ni o‘zaro tan olish bo‘yicha xalqaro mexanizm yaratishni taklif qildi, deb yozadi Meduza.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Si Szinpinning ingliz tiliga tarjima qilinib, “Sinxua” agentligi tomonidan e’lon qilingan nutqi matnida gap “koronavirusning nuklein kislotasiga nisbatan testlar natijalariga asoslangan, xalqaro tan olinadigan QR-kodlar ko‘rinishidagi markirovka” haqida bormoqda.

    Si Szinpin ushbu mexanizmga nafaqat G20 ishtirokchilari, balki boshqa ko‘plab mamlakatlar ham qo‘shilishiga umid bildirdi.

    “Salomatlik kodlari” xalqaro mexanizmi haqidagi boshqa tafsilotlarga Si Szinpin to‘xtalmadi.

    Xitoyda 2020-yil bahoridan buyon “salomatlik kodlari” tizimi amal qiladi. Mamlakatdagi har bir odamga koronavirusga topshirgan testi, epidemik holat qay darajada bo‘lgan mintaqada ekanligi, COVID-19’ga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgani va boshqa ma’lumotlar asosida “qizil”, “sariq” yoki “yashil” QR-kod beriladi. Ko‘pchilik joylarga faqat “yashil” QR-kod talab qilinadi.

    Dastlab bunday kodlar tizimi alohida hududlarda amal qilgan bo‘lsa, may oyidan buyon butun Xitoy hududiga tarqaldi.

    Si Szinpin, shuningdek, COVID-19’ga qarshi vaksina dunyoning barcha xalqlariga yetib borishi uchun bor imkoniyatini ishga solishini aytdi. Koronavirusga qarshi vaksina bilan barcha mamlakatlarni ta’minlash zaruriyati haqida G20 sammitida qatnashgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham ta’kidlab o‘tdi. “Bizning olimlarimiz tomonidan ishlab chiqilgan vaksinalarni ehtiyojmand mamlakatlarga yetkazish”ga Rossiya tayyor, — dedi Putin.

    Umuman, “Katta yigirmalik” (G20) mamlakatlari yetakchilari koronavirusga qarshi vaksinalar, zarur dori vositalari va testlar butun dunyo bo‘ylab odilona taqsimlanishini ta’minlashga, shuningdek, nochor mamlakatlarni pandemiya bilan kurashda qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi. Bu haqda “yigirmalik” kommyunikesi loyihasida aytiladi.

    G20 yetakchilari pandemiya boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi farqlarni yanada kuchaytirishidan xavotirda. “Badavlatroq odamlargina o‘zini virusdan himoya qila oladigan vaziyatga nima qilib bo‘lsa ham, tushmasligimiz kerak”, — dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron onlayn sammitda.

    Buning uchun Yevroittifoq G20’ni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining “COVID-19’ga qarshi vositalardan foydalanish imkoniyatini tezlashtirish” loyihasiga investitsiya kiritishga chaqirdi, u kasallikni tashxislash va davolash texnologiyalarini ishlab chiqishni tezlashtirishga qaratilgan. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen fikricha, yil oxirigacha tashabbusga 4,5 milliard dollar kiritish kerak.

    Hozirda Rossiya, AQSh, Xitoy, Fransiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlar o‘z vaksinalarini ishlab chiqmoqda.

    Noyabr oyining boshida Pfizer va BioNTech o‘zlarining BNT162b2 vaksinasi uchinchi bosqich sinovlarida 90 foiz samara ko‘rsatganini e’lon qildi. Bir hafta o‘tgach kompaniyalar vaksinaning samaradorligi 95 foiz ekanligini ma’lum qildi. Amerika fond birjalari Pfizer/BioNTech vaksinasining samaradorligi to‘g‘risidagi xabarlarga indekslarning rekord darajada o‘sishi bilan munosabat bildirdi, masalan, aviakompaniyalarning qimmatli qog‘ozlari qimmatlashdi, Zoom aksiyalari esa aksincha, pasayib ketdi.

    Shuningdek, noyabr oyida Amerikaning Moderna kompaniyasi o‘zining yangi koronavirusga qarshi vaksinasi sinovlarning uchinchi bosqichida 94,5 foiz samaradorlik ko‘rsatgani haqida xabar berdi. Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqaruvchilar esa o‘zlarining vaksinasi samaradorligini 92 foizga baholadi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Tavsiya etamiz

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida 

    23:00 / 21.09.2023

    Yahudiylarning poklanish marosimi, namoyishga chiqqan o‘qituvchilar, qirol bilan kechki ovqat — 21-sentabr suratlari

    22:00 / 21.09.2023

    Oliy sud Xorazmdagi mehribonlik uyida qizlarni zo‘rlagan amaldorlarga jazo o‘zgarishsiz qolgani haqidagi xabarni rad etdi 

    13:00 / 21.09.2023

    BMT assambleyasidagi mojaro, namoyishga chiqqan traktorlar, bo‘ron qurbonlarini dafn etayotgan ko‘ngillilar — 20-sentabr suratlari 

    23:00 / 20.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Davlat budjetining to‘rt kunlik daromad va xarajatlari miqdori ochiqlandi. Xarajatlar ancha yuqori

    16:00 / 08.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Chet elda tug‘ilgan bo‘lsa-da, o‘z vatanida mashhur bo‘lgan turk aktyorlari (foto)

    09:00 / 21.09.2023

    iPhone 15 Pro Max rasmiy sotuvdan bir kun oldin “Malika” bozorida sotilmoqda. Uning narxi qancha?

    21:00 / 21.09.2023

    Amudaryo suvi bo‘yicha qo‘shnilar bilan hech qanday kelishuv yo‘q — “Tolibon”

    21:00 / 21.09.2023

    Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka jazo tayinlandi

    12:00 / 21.09.2023

    Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatiga yirik raketa zarbalarini berdi (foto, video)

    11:00 / 21.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?