Germaniyalik olimlar mavrak va perilladan tayyorlangan choy koronavirus faolligini so‘ndirishga qodir ekanligini aniqladi. Bu boradagi tegishli tadqiqot natijalari Biorxiv portaliga joylashtirilgan.

Foto: Pixabay

Essen universitet klinikasining virusologiya institutidan bo‘lgan bir guruh mutaxassislar mavrak, perilla va kashnichdan tayyorlangan damlamali choy yordamida koronavirus infeksiyasining hujayrasini inkubatsiya qilib ko‘rdi.

Avvaliga ular damlamani qaynatgan, shundan so‘ng 60 darajali suv yordamida ikki soat yordamida sovitib, o‘simliklar tarkibidagi moddalarning maksimal darajada choyga chiqishini ta’minlagan.

Tadqiqot davomida perilla va mavrakning qisqa muddatli ta’siri ham koronavirus faolligini so‘ndirishi aniqlangan. Natijada hujayralarga 30 daqiqa davomida ishlov berilishi bilan kuzatilgan.

Shu bilan birga, davolovchi effektga umumiy virusga qarshi effekt sabab erishilmagan, chunki aynan shu damlamalar oddiy gerpes virusiga hech qanday ta’sir ko‘rsata olmagan.

Virusologlar bu kabi choylardan koronavirus infeksiyasining profilaktikasi doirasida qabul qilish mumkin degan xulosaga kelgan, biroq ushbu ma’lumotga hali boshqa mutaxassislar ham baho berishi lozim.

Avvalroq olimlar inson organizmi immun tizimining koronavirusga qarshi xavfli reaksiyasini aniqlagan edi.