Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 9-turida “Manchester Yunayted” 21-noyabr, shanba kuni “Vest Bromvich”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning birinchi bo‘limida kichik ustunlik mezbonlar tomonida bo‘ldi, biroq tanaffusga qadar hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Brunu Fernandesh penaltini aniq ijro etgan holda hisobni ochdi. Mazkur hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmay qoldi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Manchester Yunayted” ochkolarini 13 taga yetkazib olgan holda 9-o‘ringa ko‘tarildi. “Vest Bromvich” (3) esa 18-pog‘onada bormoqda.

APL

9-tur bahslari

21-noyabr, shanba

“Manchester Yunayted” — “Vest Bromvich” 1:0

Gol: 1:0 – 56, penalti Brunu Fernandesh.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Lindelyof, Uan-Bissaka, Telles, Maguayr, Mata (Kavani, 63), Brunu Fernandesh, Matich, Fred (Maktominey, 84), Marsyal, Reshford (van de Bek, 79).

“Vest Bromvich”: Jonston, Taunsend, Bartli, Ivanovich (Krovinovich, 79), Ferlong, Soyers, Diangana (Robson-Kanu, 62), Mateus Pereyra, Gallaxer, Ajayi, Grant (Robinson, 62).

Ogohlantirishlar: Gallaxer (76), Kavani (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!