Namangan xalqaro aeroportidan Belarus poytaxti Minsk shahriga ilk bor charter reysi amalga oshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: Namangan xalqaro aeroporti matbuot xizmati

Charter reysi Belavia aviakompaniyasi tomonidan Boeing 737 havo kemasida amalga oshirildi.

Foto: Namangan xalqaro aeroporti matbuot xizmati

Havo kemasida 189 nafar o‘zbekistonlik Minskka yo‘l oldi. Ularning barchasi parvozdan oldin 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda COVID-19 virusiga test topshirgani aytilmoqda.

Foto: Namangan xalqaro aeroporti matbuot xizmati

Namangan xalqaro aeroporti matbuot xizmatiga ko‘ra, joriy yil 23, 26 va 30-noyabr kunlari Namangandan Turkiyaning Istanbul shahriga ham ilk charter reyslari amalga oshiriladi.