Shavkat Mirziyoyev 16-oktabr kuni poytaxtning Yunusobod tumanida barpo etilayotgan Toshkent Arxitektura-qurilish institutining yangi binosini borib ko‘rgandi. Qayd etilishicha, qurilish ishlari 2002-yil iyul oyida boshlangan. 5 qavatli ikkita o‘quv korpusi, 8 qavatli ma’muriy bino va 4 qavatli yotoqxona qad ko‘tarmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘sha tashrif mobaynida davlat rahbari institut yonidagi 8-avtobus saroyini ham kirib ko‘rgan. Bu avtoparkni boshqa joyga ko‘chirib, zamonaviy shart-sharoitlar yaratib berish, uning o‘rnida qurilish materiallari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etish taklifini bildirgandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrif davomida Prezident hududda qurilish klasteri tashkil etish, hududni quruvchilar mavzesiga aylantirish zarurligini aytgan edi. Shu maqsadda institut atrofidagi maydonlar ham qo‘shilib yangi loyiha ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, oliy ta’lim muassasasi yonida qurilish kolleji, qurilish materiallari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot markaz, laboratoriya, yotoqxonalar, sport majmuasi va boshqa obyektlar barpo etilishi mo‘ljallangan.

Kadr: O‘zbekiston 24

Kadr: O‘zbekiston 24

Kadr: O‘zbekiston 24