Kanadalik ixtirochi Yezin Al-Kaysi koronavirusdan himoya qiluvchi shlem yaratdi. U bosh va ko‘krak qismni to‘liq qoplaydi, shuningdek, yuz qismi pardadan iborat. Kanadalik ixtirochi shunday ko‘rinishda Torontodagi metroda harakatlanmoqda, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.
Qurilmaning orqa tomoni batareyadan quvvat oluvchi tashqi havoni tozalaydigan nafas olish filtri bilan jihozlangan. 32 yoshli ixtirochining so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik uning qurilmasiga qiziqish bilan qaramoqda va bu kabi shlemni qayerdan xarid qilganini ham so‘raganlar bor.
Al-Kaysi o‘zi ixtiro qilgan qurilmaga “BioVYZR” deb nom bergan. Shlem bir marotaba quvvat olganda 12 soat davomida ishlaydi. Shuningdek, ayni paytda 10 000 ga yaqin odam bu kabi qurilmani sotib olish maqsadida ixtirochiga murojaat qilgan. Shlemlarni uning VYZR Technologies internet-do‘konining veb-saytida 379 dollarga xarid qilish mumkin.
Izoh (0)