Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Andijon viloyati Andijon tumanida joylashgan dehqon bozorida 17-noyabr kuni soat 21:34 da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining axborot xizmati xabar qilgan.

Xabarda qayd etilishicha, Andijon Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 9 ta o‘t o‘chirish va qutqaruv brigadalari hodisa joyiga 3 daqiqada yetib kelgan.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Yong‘in soat 22:00 da qurshab olinib, soat 22:12 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida bir-biriga yaqin joylashgan bir nechta do‘konga zarar yetgan. Hodisadan keyin jarohatlanganlar va qurbonlar bo‘lmagan.

FVV axborotida aytilishicha, qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli bir necha yuz kvadrat metr maydon yong‘indan saqlab qolingan.

Avval Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi buyum bozorida, shuningdek Andijon viloyatining boshqa bir tumani Asakadagi kiyim-kechak bozorida yong‘inlar sodir bo‘lgani haqida xabarlar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi