Daryo

Asakadagi kiyim-kechak bozorida yong‘in yuz berdi

Hodisa oqibatida buyum bozorida joylashgan 4 ta do‘konga qisman zarar yetgan

1 daqiqa o‘qish51 868 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: FVV matbuot xizmati

Andijon viloyatining Asaka tumani “Kamolot” mahallasida joylashgan kiyim-kechak bozorida 10-noyabr kuni yong‘in yuz berdi.

Foto: FVV matbuot xizmati

FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, yong‘in soat 00:42 da boshlangan. Voqea sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan FVV viloyat boshqarmasining 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Ular yong‘inni 40 daqiqa ichida to‘liq o‘chirgan.

Yong‘indan buyum bozorining 80 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan. Hodisa oqibatida buyum bozorida joylashgan 4 ta do‘konga qisman zarar yetgan. Buyum bozorining 3000 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlanib qolingan.

Yong‘inning sababi va yetkazilgan zarar miqdori mutaxassislar tomonidan aniqlanmoqda. Yong‘indan tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Mavzuga doir: 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar