Daryo

iPhone 12 Pro qimmat bo‘lsa ham, iPhone 12 va iPhone 12 mini’dan ko‘ra ko‘proq mashhurlikka erishdi

Ayni vaqtda ko‘plab do‘konlar iPhone 12’ni Apple’ning rasmiy saytidagi narxdan arzonroq sotmoqda

1 daqiqa o‘qish36 350 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IXBT

iPhone 12 va iPhone 12 mini smartfonlari iPhone 12 Pro va iPhone 12 Pro Max’dan ko‘ra kamroq mashhurlikka erishdi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Ayni vaqtda ko‘plab do‘konlar iPhone 12’ni Apple’ning rasmiy saytidagi narxdan arzonroq sotmoqda. Shu bilan birga, ayrim do‘konlarda iPhone 12 Pro o‘rtacha 150 dollarga qimmatroq. Dunyoga mashhur JD va Suning savdo maydonchalaridagi narxlar xuddi Apple’ning rasmiy saytidagi kabi.

Ta’kidlanishicha, iPhone 12 Pro Max ayrim holatlarda tavsiya etilgan narxdan 450 dollarga qimmatroq narxda sotilmoqda. Bunga ushbu modelga talabning yuqoriligi va omborlarda smartfonlarning yetishmayotgani sabab bo‘lmoqda. Hozirda yetkazib berish xizmatlari cheklangan, xaridorlar esa o‘z smartfonlarini 3-4 hafta kutishga majbur bo‘lmoqda. Ba’zi holatlarda yetkazib berish muddati dekabr oxiri yoki 2021-yilning yanvari boshlariga belgilangan.

iPhone 12 va iPhone 12 mini’ni esa mos ravishda o‘rtacha 5-7 va 7-10 kun kutish kerak. Bundan tashqari, China Mobile, China Unicom va China Telecom mobil operatorlari kontraktli smartfonlar uchun 175 dollar miqdorda chegirma taklif qilmoqda.

Prognozlarga ko‘ra, iPhone 12 2020-yilning ikkinchi yarim yilligida 5G aloqa standartini qo‘llab-quvvatlaydigan eng xaridorgir smartfonga aylanadi.

Avvalroq iPhone 12 mini va iPhone 12 Pro Max’ning ilk egalari o‘z taassurotlari bilan bo‘lishishni boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: iPhone 13’ga oid ilk ma’lumotlar: smartfon yangi kameralarga ega hozirgi dizaynda qoladi

Eslatib o‘tamiz, Apple’ning 15-sentabrdagi taqdimotida Watch SE hamyonbop “aqlli” soati hamda iPad planshetlari, 13-oktabrda esa to‘rtta iPhone 12 smartfoni taqdim etilgandi. 10-noyabr kuni esa kompaniyaning navbatdagi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar