Samarqand viloyatiga yangi prokuror tayinlanishi ortidan viloyat prokuraturasi binosini o‘rab turgan temir panjaralar olib tashlanmoqda. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati ma’lumotiga asoslanib, “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.

Foto: Samarqand viloyat prokuraturasi

Ta’kidlanishicha, yangi prokuror prokuratura va xalq o‘rtasida hech qanday to‘siq bo‘lmasligi kerak, degan qarash tarafdori.

Foto: Samarqand viloyat prokuraturasi

Ayni kunga qadar Sirdaryo viloyati prokurori sifatida ishlab kelgan Ravshan Masharipov 2020-yil 10-noyabr kuni Samarqand viloyatining yangi prokurori sifatida tanishtirilgandi.

Foto: Samarqand viloyat prokuraturasi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyat va shahar hokimligi atrofini o‘rab turgan temir panjaralar ham olib tashlangan edi.

Foto: Samarqand viloyat prokuraturasi