Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

27-may, shanba kuni Toshkentda, Mustaqillik shoh ko‘chasida yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismlarini ajratuvchi metall to‘siqlar olib tashlandi.

To‘siqlarning olib tashlanishi bo‘yicha mutassaddi tashkilotlar tomonidan hozirgacha biror rasmiy izoh berilgani yo‘q. Holat yuzasidan o‘z fikrlarini bildirayotgan toshkentliklarning aksariyati esa aynan izoh talab qilmoqda.

Foto: “Daryo” / Diyor Imomxo‘jayev

Foto: “Daryo” / Diyor Imomxo‘jayev

Qobil Rajabov

Metall to‘siqlarning olib tashlanishi haydovchilar nuqtai nazaridan juda to‘g‘ri qaror! Chunki harakat vaqtida to‘siqlar sababli piyodalar o‘tish joyidagi yo‘lni kesib o‘tishni boshlagan piyoda haydovchiga ko‘rinmay qolishi holatlari ko‘p uchraydi (transport vositasi past tezlikda harakat qilayotganda ham). Bu to‘siqlar piyodani haydovchidan yashiradi.

Elen Gutova

To‘siqlarni bekor olib tashlashyapti. Hamma joyga kamera o‘rnatilgani, inspektorlarning “archa” ortiga yashirinishi, yo‘llardagi chuqurlar kammi? Endi o‘zini yo‘l harakatining ishtirokchisi deb hisoblamaydigan piyodalar yo‘lni diagonal bo‘ylab kesib o‘tishni boshlaydi. Har doimgidek hammasiga haydovchilar aybdor. Endi-endi markaziy yo‘llar bo‘ylab harakatlanish xavfsiz bo‘lgan edi — yana ortga qaytish. To‘siqlar kimga xalaqit berdi? Nima uchun yo‘llardagi avariyalar sonini ko‘paytirish kerak?

Rustam Karimov

Bu to‘siqlar apil-tapil qilingan edi va yo‘lni ko‘rishga xalal berayotgandi. Shuncha metallni boshqa foydaliroq narsaga ishlatgan ma’qul. Agar hamma to‘siqlar olib tashlanadigan bo‘lsa, ularning o‘rnatilishi uchun qilingan xarajatlarni ham qoplash mumkin. Shunday ekan, hozirgi rahbarlarning oqilona fikrlashiga tasanno!

Elina Sakayeva

Ko‘p soliq to‘lash og‘irlik qiladi, biroq to‘siqlarning olib tashlanishi, kerakli joylarda avvaldan mavjud bo‘lgan qulay chorrahalar, qayrilishlar va yo‘lovchilar o‘tish joylarining qayta tiklanishi siz va biz to‘lagan soliqlarning foydali va yaxshi maqsadda ishlatilishidir. Soliq to‘lovchi sifatida avvaldan mavjud bo‘lgan foydali va aqlli narsalarning qaytarilishiga xayrixohman.

Muzaffarbek Durdiyev

2017-yil — Xalq bilan muloqot yili! Shunday ekan, nega birov nima uchun to‘siqlar olib tashlanganini va bundan keyin nima bo‘lishini aytishni xohlamaydi? G‘alati-ku: yangi tramvay sotib olamiz, keyin esa sotamiz; ko‘prikni buzamiz, keyin esa qayta quramiz; qaror qabul qilamiz, keyin uning bajarilishini ortga suramiz; to‘siq o‘rnatamiz, keyin esa olib tashlaymiz. “Yetti o‘lchab, bir kes” — bizning mansabdorlarimiz uchun shior.

Artyom Vasilyev

Bu dahshatli to‘siqlarni olib tashlashni to‘g‘ri deb hisoblayman! Shahar odamlar uchun, yo‘llardagi poygalar uchun emas! Agar to‘siqlarni xohlasangiz, unda har 20 metrga piyodalar o‘tish joyi qilinsin. Tezlikni soatiga 50 kilometrgacha, maktablar oldida esa soatiga 30 kilometrgacha cheklash kerak. Ko‘chani kesib o‘tish xavfli, chunki atrofda avtomobilni uchirib haydashadi, aybdor esa piyoda! Avval tinchgina haydashni o‘rganing, bu sizga ralli emas! Bolakayni urib yuborib, o‘zi aybdor deysiz va tinchgina yashashda davom etasizmi?! Shunday qila olasizmi?

Misol keltiraman, Hamid Olimjon yodgorligi tarafdagi hovlida klinika bor, klinikadan qariyalar 160 ga 100 qon bosimi bilan chiqadi, arang yuradi. Shunday bir qariya Tuzel qo‘rg‘oniga borishi kerak, demak, u transportga o‘tirib, uyiga yetib olishi, hatto taksi to‘xtatishi uchun ham bir kilometr yurib, “Darxon” biznes markazi oldidagi bekatga borishi kerak. Faqat o‘zingiz uchun hayotni yaxshilashdan oldin shunday holatdagi qarindoshlaringizni bir tasavvur qiling! O‘zi uchun hamma narsa muhayyo qilingan va o‘zini urintirmaydigan mansabdorlar qayerga qarayapti?

Eduard Kim

Nahotki rasmiylar bunday qarorlar katta aks-sado berishini anglab yetmasa? Nima uchun oldindan ma’lum qilinmay, bu to‘siqlar olib tashlanishi sabablari xalqqa tushuntirilmay bu ish qilindi? Unda nega o‘z vaqtida bu to‘siqlar o‘rnatilgan edi? Agar to‘siqlar xalaqit beradigan bo‘lsa, nima uchun rasmiylar buni oldindan ko‘ra bilmagan? Buning uchun kimdir javobgarlikni o‘z zimmasiga oladimi?

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar