Kasaba uyushmalari federatsiyasining 11-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan VIII qurultoyida Qudratilla Mirsagatovich Rafiqov O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi lavozimiga bir ovozdan saylandi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, uning nomzodi Oqsoqollar Kengashi tomonidan tavsiya qilindi. Ochiq ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylovda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etgan.
“Ayni vaqtda Federatsiya raisi o‘rinbosarlari, Rayosat a’zolariga nomzodlar tavsiya etilib, saylov jarayoni davom etmoqda”, – deyiladi uyushma xabarida.