Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samsung kompaniyasi pandemiya davom etayotganiga qaramay, juda tez qayta “oyoqqa turmoqda”. Smartfonlar ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchisi oxirgi chorakda Hindistondagi savdolar bo‘yicha Xiaomi’dan birinchi o‘rinni olib qo‘ydi. Ma’lum bo‘lishicha, hozirda Samsung Apple’ni ham ortda qoldirib, AQShdagi eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchiga aylangan, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Foto: IXBT

Strategy Analytics ma’lumotlariga ko‘ra, Samsung uch yil deganda birinchi bor nihoyat Apple’dan o‘zib ketgan. Bunga bir nechta sabablar bor, ulardan eng muhimi — iPhone 12 seriyasiga kiruvchi yangi smartfonlar taqdimotining kechikkani. Smartfonlar uzoq tanaffus bilan sotuvga chiqqan, shu bilan birga, iPhone 12 mini va iPhone 12 Pro Max shu haftadan sotuvga chiqadi.

Samsung o‘tgan chorakda Amerika bozorining 33,7 foizini egallagan, Apple esa 30,2 foiz natija bilan ikkinchi o‘rinda. Uchinchi o‘rin Janubiy Koreyaning yana bir kompaniyasi — LG’ga nasib etgan (14,7 foiz).

Samsung 6,7 foiz o‘sishga muvaffaq bo‘lgan. Muvaffaqiyatlar turli narx va texnik tavsifga ega raqobatbardosh modellar sabab ta’minlangan. Shuningdek, Galaxy Note 20 va Note 20+ ham yaxshi sotilgan. Egiluvchan Galaxy Z Fold2 modeli ham yomon natija ko‘rsatmagan.

Eslatib o‘tamiz, Samsung so‘nggi bor 2017-yilning ikkinchi choragida AQSh smartfonlar bozorida yetakchiga aylangandi.

Avvalroq Apple kompaniyasi Xitoyda iPhone savdolari tushib ketganidan so‘ng 83 milliard dollarga arzonlashgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?