Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun imzolandi.

Qonun bilan 10 ta qonun va 2 ta kodeks talablari Soliq kodeksiga moslashtirildi.

Xususan, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritilib, tadbirkorlarni tekshirishning amaldagi tartibi bekor qilinib, tekshirish talabi Soliq kodeksiga moslashtirildi. Endi tadbirkorlarni tekshirish “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi.

Bundan buyon soliqlarning kameral tekshiruvidan boshqa barcha tekshirishlar elektron tizimda ro‘yxatga olinadi. Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olmasdan o‘tkazilgan tekshiruvlar qonunga xilofdir.

O‘tkazilgan tekshiruvlar natijalari nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar tugatilgandan keyin uch kun ichida Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritiladi.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev farmoniga asosan davlat korxonalarini transformatsiya qilish va davlat aktivlarini xususiylashtirish bo‘yicha choralar belgilangan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?