O‘zbekistonda budjet prognozini bajarish uchun soliq inspeksiyalari tomonidan birgina 2020-yilning o‘zida 18 mingga yaqin tadbirkordan 823 milliard so‘m ortiqcha to‘lov undirilgan. Bu haqda bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev raisligida tashkil etilgan korrupsiya masalalariga oid idoralararo yig‘ilishda ma’lum qilindi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.
Mavzuga doir: Dang‘ara tumanining sobiq bosh soliqchisi “obnal” bilan shug‘ullanadigan 22 ta firma ochgani ma’lum bo‘ldi
Ortiqcha to‘lovlarga asosan Toshkent shahri, Surxondaryo, Farg‘ona, Toshkent, Jizzax, Namangan, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida yo‘l qo‘yilgan.
2019-yil 30-dekabrdagi Prezident qarorida ortiqcha undirilgan soliq summasi qayta moliyalashtirish stavkasi barobarida foiz to‘lagan holda qaytarilishi belgilangan bo‘lsa-da, 3 456 ta tadbirkorlik subyektiga 2,2 milliard so‘mlik penyalar to‘lab berilmagan. Pandemiya munosabati bilan berilgan imtiyozlar ham to‘liq qo‘llanilmasdan, hozirgacha 2 747 ta subyektga qo‘yilgan 5,5 milliard so‘mlik inkasso topshiriqnomalari chaqirib olinmagan. Bu asosan Farg‘ona, Toshkent, Namangan va Sirdaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi.Mavzuga doir: Farg‘onada moliya bo‘limini aldab, tadbirkorlarning 1,2 mlrd so‘mini “yeb yuborgan” soliqchilar ushlandi
- respublika budjetiga o‘tkazilgan soliqlar bo‘yicha — respublika budjeti hisobidan;
- Qoraqalpog‘iston respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari, tuman va shaharlar budjetlariga o‘tkazilgan soliqlar bo‘yicha — tegishli mahalliy budjetlar hisobidan;
- budjet tizimi budjetlari o‘rtasida taqsimlangan soliqlar bo‘yicha — tegishli budjetlar hisobidan ularga ajratmalar me’yoriga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Mavzuga doir:
- “Bo‘stonliqdan dala hovli, Tashkent City’dan 2 ta uy va Captiva”. “Ark buloq” bojxona posti sobiq boshlig‘i olgan poralarini nimaga sarflagani ma’lum bo‘ldi
- Kattaqo‘rg‘onda yo‘llarni ta’mirdan chiqarilgani to‘g‘risida qalbaki hujjatlar tayyorlab, 2,4 mlrd so‘mni talon-toroj qilish holati aniqlandi
- Piskentda 142 nafar vafot etgan fuqaro nomiga pensiya rasmiylashtirgan Pensiya jamg‘armasi inspektori javobgarlikka tortildi